Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

APL hakamlari Xolandning g‘alaba goli bo‘yicha xatoni tan oldi (video+foto)

APL hakamlari Xolandning g‘alaba goli bo‘yicha xatoni tan oldi (video+foto)

Baho:
+-1 | -

Angliya Premyer-ligasi hakamlar korpusi «Manchester Siti» hujumchisi Erling Xolandning «Manchester Yunayted»ga qarshi derbida urgan g‘alaba goli bilan bog‘liq vaziyatda xato qilinganini tan oldi.

APL 4-turidan o‘rin olgan Manchester derbisida «Siti» mehmonda 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Xoland 60-daqiqada yagona golni urdi.

Pro Ref hakamlar assosiasiyasi ma’lum qilishicha, goldan oldingi epizodda Enso Fernandes to‘pga tegmagani aniqlangan. Shu sababli ofsayd bilan bog‘liq vaziyat sub’ektiv baholangan. Biroq VAR tizimi Fernandesning pozisiyasi oqibatlarini yetarlicha hisobga olmagan va bosh hakam Maykl Oliverga videotasvirni qayta ko‘rib chiqishni tavsiya qilishi kerak edi.

«Biz bu vaziyatni baholashda xato qilganimizni «Manchester Yunayted»ga ma’lum qildik. Hodisa bo‘yicha tekshiruv o‘tkaziladi», — deyiladi Pro Ref bayonotida.

Angliya — Premyer-liga, 4-tur
«Manchester Yunayted» — «Manchester Siti» — 0:1
Gol: Erling Xoland, 60.

Manba: championat.com
Kiritildi: 07:49, 14.09.2026.
O'qildi: 8084 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик