Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/01 00:45 Inter 6-2 Piza
24/01 01:00 Levante 3-2 Elche
24/01 17:30 Vest Xem 3-1 Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano 1-3 Osasuna
24/01 19:00 Komo 6-0 Torino
24/01 20:00 Xitoy - Yaponiya
24/01 20:00 Byornli 2-2 Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem 2-1 Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti 2-0 Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya 3-2 Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina 1-2 Kalyari
24/01 22:30 Sevilya 2-1 Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut 3-2 Liverpul
25/01 00:45 Lechche 0-0 Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal 0-2 Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo - Cremonese
25/01 18:00 Atletiko - Malyorka
25/01 19:00 Atalanta - Parma
25/01 19:00 Jenoa - Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl - Aston Villa
25/01 19:00 Brentford - Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas - Chelsi
25/01 20:15 Barselona - Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal - Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus - Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad - Selta
26/01 00:45 Roma - Milan
26/01 01:00 Alaves - Betis

O‘zbek futboli ana shunday islohotlarga judayam muhtoj

O‘zbek futboli ana shunday islohotlarga judayam muhtoj

Baho:
+ | -

Yaqinda Toshkentning “Paxtakor” klubi yangi murabbiyga ega bo‘ldi. Bu murabbiy ham chakana emas ekan, biz buni unga bog‘liq raqamlar orqali bildik, ya’ni u faoliyati uchun yaxshigina haq olarkan. Tabiiyki, Yevropa klublarida ishlagan, kerak bo‘lsa Lui van Galga yordamchilik qilgan Shota Arveladze “Paxtakor”ga ham Yevropa futboli ruhini singdirishga urinadi. Bu esa albatta katta transferlarsiz bo‘lmaydi. “Paxtakor” esa buni oldindan bilgan va shunga tayyor. Demak, jamoaning baquvvatgina homiysi bor.

Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, o‘zbek klublarini xususiylashtirish kerak, ana shunda tadbirkorlar, umuman klublar xo‘jayinlari o‘z jamoalarini kuchaytirish uchun intilishadi, chunki ular shu orqali daromad topishadi. Masalan, “PSJ” qancha ko‘p g‘alaba qozonsa, Nosir al-Xelayfiyga shuncha foyda. Shuning uchun ham u keragidan ortiq mablag‘ sarflab, jamoani kuchaytirmoqda. Xo‘sh, Xelayfi kelishidan oldin “PSJ” shunday kuchga egamidi? Yo‘q. Yoki “Manchester Siti”ni olaylik. Bu klub Yevropada qisqa muddat ichida rivojlanib ketgan jamoalardan biridir. Bunga esa uni xarid qilgan tadbirkorning mablag‘lari sababdir.

Demak, bizga ham shunday islohotlar kerak. Masalan, “Paxtakor” endi bemalol xalqaro musobaqalarda ham munosib ishtirok etishga urinishi mumkin. Chunki Arveladzening qarichi mahalliy murabbiylarimiznikidan ikki karra uzunroq, har holda shunga umid qilamiz.

Yoki “Neftchi”ni olaylik. Ayni damda Vadim Abramovni murabbiylikka jalb qilgan vodiy jamoasi birorta baquvvat homiyga, ta’sir kuchi yuqori va uncha-bunchalarning ta’siri o‘tmaydigan homiyga ega bo‘lsa, ishi yurishib ketadi. Ana shunda “Neftchi” bemalol chempionlikni, xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etishni rejalashtirsa bo‘ladi.

Yana bir jihat. Toshkent shahrining uchta jamoasi: “Lokomotiv”, “Paxtakor” va “Bunyodkor”. Har holda oliy ligada katta kuchga ega bo‘lib turgan poytaxt jamoalari shulardir. Agar shu jamoalarning har biri xususiyga aylansa va har biriga katta mablag‘ ajratilsa, ularning taqdiri bir-birinikiga bog‘liq bo‘lmasa, keyin ko‘ring raqobatni. Xuddi Londonning uchta klubi kabi.

Xususiylashtirishning shu jihati afzalki, jamoalarning har bitta g‘alabasi uning egasiga foyda keltiradi. Tabiiyki, xo‘jayinlar jamoasining g‘alabasi, yetakchilikka intilishi uchun jon kuydiradi. Ana shunda bir jamoaning chempion bo‘lishi uchun ikkinchi klub yutqazib bermaydi, ana shunda o‘yinlar natijasi “sharoitga qarab” hal etilmaydi. Ana shunda har bitta jamoa yuqori o‘rinlar uchun intiladi. Professionalizm oshadi.

Endi masalaning ikkinchi jihatiga to‘xtalsak. Natija birinchi o‘ringa chiqqanidan keyin klubga futbolchilar puli yoki tanish-bilishiga qarab emas, iqtidoriga qarab tanlanadi. Har bitta klubga tuzukroq skautlar tayinlanadi va ular chekka-chekka joylardan iqtidorlarni izlab topishadi. Klub rahbarlari bu jihatga katta e’tibor qaratishadi. Iqtidorlar topiladi, jalb qilinadi va qadrlanadi. Oqibatda maydonda qo‘pollik qilishu so‘kinishlardan boshqa narsaga yaramaydigan otasining erkatoylariga ochiq eshiklar ko‘rsatib qo‘yiladi. Ularning o‘rnini esa iqtidorli, ammo “ma’lum sabablarga ko‘ra” professional futbolga kirib kelolmayotgan futbolchilar egallaydi. Bu esa terma jamoamiz uchun yangi iqtidorlarni ham kashf etib beradi.

Bilaman, bular ikki-uch yilda sodir bo‘ladigan jarayonlar emas. O‘zbek futbolining hozirgi holatida yuqoridagi jarayonlarni amalga oshirish uchun uzoq yillar yoki bu voqelikni tezda amalga oshirishni istaydigan rahbar kerak. Garchi ayni damda utopiyaga o‘xshab tuyilsa-da, futbolimiz yuqoridagi kabi islohotlarga judayam muhtoj.

Manba: penalti.uz
Kiritildi: 16:38, 09.06.2017.
O'qildi: 5504 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.