«Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann yaqin orada jamoasi bilan yangi shartnoma imzolaydi.
Marca xabariga ko‘ra, 26 yoshli futbolchi shartnomaning barcha bandlari borasida kelishuvga erishgan. Avvalroq, u bilan «Manchester Yunayted» klubi qiziqayotgani haqida xabarlar chiqqan edi.
O‘tgan mavsumda Grizmann barcha musobaqalarda 52 o‘yin o‘tkazib, 26ta gol urib, 12ta golli uzatma bergan edi.