"Zenit"ning yangi bosh murabbiyi Roberto Manchini Sankt-Peterburg shahriga yetib keldi, deya xabar beradi klub matbuot xizmati.
Aeroportda italiyalik 52 yoshli mutaxassisni "Zenit" sport direktor Konstantin Sarsaniya kutib oldi.
"Samimiy qabul uchun rahmat, "Zenit", - deb yozadi Manchini tvitterga.
Bugunning o‘zidayoq "Zenit"ning yangi bosh murabbiyi Manchinini tanishtiruv marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimgajamoaning 350 muxlisi taklif qilindi.
Manchining tayinlangani haqida rasman 1 iyul kuni e’lon qilinadi. Kelishuv uch yilga tuzilgan va yana ikki yilga uzaytirilishi mumkin.