Kabo-Verde himoyachisi Roberto Lopes terma jamoaga ish qidirish ilovasi orqali qo‘shilganini tan oldi – mamlakat futbol assosiasiyasi u bilan LinkedIn orqali bog‘langan.
Asli rlandiyalik bo‘lgan futbolchi (otasi Kabo-Verdeda tug‘ilgan) portugal tilida xabar olgan va dastlab spam deb o‘ylab, uni e’tiborsiz qoldirgan.
"To‘qqiz oy o‘tgach, ular menga yana xat yozishdi – bu safar ingliz tilida va Kabo-Verdeda o‘ynash taklifini ko‘rib chiqdimmi, deb so‘rashdi. Shundan keyingina men dastlab qilishim kerak bo‘lgan ishni qildim – asl xabarni Google Translate yordamida tarjima qildim. Bu ijtimoiy tarmoqlar orqali muloqot qilishning juda g‘alati yondashuvi edi. Keyinchalik ular menga klubim bilan bog‘lanishda qiyinchiliklarga duch kelganliklarini tushuntirishdi. Men uchun bu imkoniyat ochiq ekanligini anglaganimda, boshidanoq bu g‘oyani qo‘llab-quvvatladim. Va biz barcha kerakli hujjatlarni to‘ldirish ustida ishlay boshladik", dedi Lopes.
Kabo-Verde 1/8 finalda qo‘shimcha vaqtda Argentinaga 3:2 hisobida mag‘lub bo‘lganidan so‘ng 2026 yilgi Jahon chempionatidan chetlatildi.













