Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

O‘zini boksda sinab ko‘rgan UFC jangchisi nokautidan ikki kun o‘tib, vafot etdi

Baho:
+ | -

UFC jangchilarining boksda o‘z omadini sinab ko‘rishi tobora ko‘p muhokama etilayotgan mavzulardan biri bo‘lib turibdi. Konon MakGregor va Floyd Meyvezer o‘rtasidagi 26 avgust bo‘ladigan jang bu borada bir qator savollarga javob berishi turgan gap.

Bunga qadar boshqa bir UFC jangchisi — kanadalik Tim Xeyg boksda karyerasini boshlab yuborgandi. O‘zining 34 yoshida maktabda dars beruvchi Xeyg boksda uchta jang o‘tkazib, bittasida g‘olib chiqqan va ikkitasida imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.

MMA ustasi o‘zining to‘rtinchi jangini Adam Braydvudga qarshi o‘tkazdi. Braydvud bunga qadar 8 ta jangining 7 tasida raqiblarini nokaut qilgan va faqatgina 1 tasida imkoniyatni boy bergandi.

Sportchilarning o‘zaro jangi ikki raund davom etdi. Birinchisida Xeyg uch marta nokdaun holatiga tushib qoldi. Ikkinchi raunddagi hisob bo‘yicha to‘rtinchi nokdaundan keyin sportchi hushini yo‘qotdi. Oradan ikki kun o‘tib Tim Xeyg miyasiga qon quyilishi natijasida olamdan o‘tdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:41, 21.06.2017.
O'qildi: 6929 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик