Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Vahshiy «qora yulduzlar» yoxud terma jamoalarning laqablarini bilasizmi?

Vahshiy «qora yulduzlar» yoxud terma jamoalarning laqablarini bilasizmi?

Baho:
+ | -

Har bir klubda bo‘lgani kabi terma jamoaning ham laqabi bor. Futbol olamida deyarli har bir terma jamoaga muxlislari tomonidan laqab qo‘yilgan. Quyida shu haqda so‘z yuritamiz.

«SARIQ KANAREYKALAR»GA AYLANGAN «SAMBA QIROLLARI»

Braziliya terma jamoasi futbolchilarini sariq futbolkada ko‘rib, o‘rganib qolganmiz. Shu sababli ham muxlislar braziliyalik charm to‘p ustalarini «sariq kanareykalar» deb atashadi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, pentakampeonlar texnika borasida juda mohirlar, o‘yin paytida turli brazilcha raqslari bilan ham muxlislarning olqishiga sazovor bo‘ladilar. Ehtimol, aynan shu omil Braziliya termasi a’zolarining «Samba qirollari» deb atalishiga sabab bo‘lgandir.

«ASOV» va «ARSLONLAR»

Afrikaning ajoyib tabiati bag‘rida joylashgan ushbu mamlakat futbolchilarini turli laqablar: «Chayonlar», «Turnalar», «Timsohlar», «Qoplonlar», «Zebralar», «Arilar», «Olmaxonlar» va hatto «Qora antilopalar» deb atashadi. Ammo Kamerun termasining asosiy laqabi bitta — «Asov sherlar».

Qolaversa, ushbu davlatning ayollar terma jamoasiga «Arslonlar», yoshlar termasiga esa «Sherbachalar» deb laqab qo‘yilgan.

«QAHVAXO‘RLAR»

Kolumbiya termasi haqida so‘z ketganda, ko‘z oldimizda, avvalo, hurpaygan sochlari va ajoyib o‘yinlari bilan yodda qolgan Karlos Valderrama gavdalanadi. U terma jamoa safida maydonga tushish borasida rekord o‘rnatgan — 111 o‘yin.

Hozirda Kolumbiya terma jamoasi futbolchilarining laqabi mamlakatning ramziga aylangan asosiy eksport mahsuloti — qahva bilan bog‘liq. Ya’ni kolumbiyalik futbolchilarni «Qahvaxo‘rlar» deb chaqirishadi.

«QAROQCHILAR KEMASI»

Gresiya terma jamoasi emblemasida «Ellinlar» so‘zi yozilgan. Bu so‘z qadimda yunon madaniyatining sharqqa yoyilishi, umuman, ulug‘vor bo‘lgani bilan izohlanadi.

Gresiya termasining ikkinchi laqabi 2004 yilgi Yevropa chempionatida qozonilgan olamshumul g‘alaba bilan bog‘liq. O‘shanda chempionatning ochilish marosimida maydonga kema chiqib keladi. Shunda taniqli grek sharhlovchisi Georgios Xalakis shunday deydi: «Gresiya terma jamoasi o‘yinchilari qaroqchilardir va ular kubokni o‘g‘irlab ketishadi». Aynan shu gap keyinchalik greklarning ikkinchi laqabiga asos bo‘ladi. Terma jamoa chindan ham g‘alabani «o‘g‘irlagach», «Qaroqchilar kemasi» deb atala boshlanadi.

BAHAYBAT «FILLAR»

Afrikaliklar o‘z mamlakatlarini turli hayvonlar nomi bilan atashni xush ko‘rishadi. Xususan, biz Kot-d-Ivuar deb ataydigan davlatning nomi, aslida, «Fil suyagi qirg‘og‘i» deb tarjima qilinadi. Shunga monand terma jamoa «Fillar» degan laqabga ega.

Terma jamoa emblemasining ko‘k fonida xartumiga to‘q sariq rangli koptokni ushlab olgan fil tasvirlangan. Bu ko‘rinish davlat bayrog‘i va terma jamoa formasida ham aks etgan.

«IKKI RANGLILAR»

Gonduras terma jamoasining laqabi bo‘lgan «Katracho» tarjima qilinmaydi. Chunki «Katracho» — Gonduras armiyasining umumiy nomi bo‘lib, u Nikaragua bilan bo‘lgan jangda mamlakat qo‘shiniga boshchilik qilgan general Florensio Ksatruch ismidan olingan.

Gonduras terma jamoasining yana bir laqabi — «Ikki ranglilar». Bu nomning hech bir ajablanarli joyi yo‘q. Chunki mazkur laqab bayroqdagi ranglar soni hisobga olingan holda qo‘yilgan.

MAG‘RUR «SUPERBURGUTLAR»

Afrika millatlari kubogining amaldagi sohibi, Afrika qit’asining eng kuchli terma jamoalaridan biri bo‘lgan Nigeriyaning laqabi uzun ham emas, qisqa ham emas. Bu terma o‘yinchilarini «Superburgutlar» deb atashadi, oldin shunchaki «yashil burgutlar» deyishardi. Boisi, terma jamoa emblemasida mag‘rur qush savlat to‘kib turadi. «Superburgutlar» laqabi esa Nigeriyaga 1988 yilgi Afrika Millatlari Kubogi finalida Kamerun mag‘lubiyatga uchratilganidan keyin berilgan. Qolaversa, mazkur terma jamoa o‘yinchilarini muxlislar «Afrikadagi braziliyaliklar» deb ham atashadi. Bu xushomad futbolchilarga yoqishi ham aniq.

«BESH QALQONLI JAMOA»

«Evropadagi braziliyaliklar» — portugaliyalik futbolchilarning mashhur laqabi. Birinchidan, Janubiy Amerika qirg‘oqlariga birinchi bo‘lib portugal sayohatchilari yetib borishgan, qolaversa, Braziliyada portugal tilida so‘zlashadiganlar anchagina. Shuningdek, portugaliyaliklarning driblinglarini Braziliya terma jamoasi a’zolariniki bilan o‘xshash ekan.

Terma jamoaning yana bir laqabi «Saralanganlar jamoasi». Shuningdek, ushbu termani «Besh qalqonli jamoa» deb ham atashadi. Bu terma jamoa emblemasidagi rasm bilan bog‘liq.

VAHSHIY «QORA YULDUZLAR»

Afrika qit’asining yana bir kuchli termasi Ganani turli vahshiy hayvonlar, hasharotlar yoki o‘simliklar bilan atashadi. «Qora yulduzlar» — terma jamoaning oddiy va chiroyli ta’rifi. Ganaliklar bu e’tirofga 1990 yilgi mundialda Kamerunning natijasini takrorlashgani, ya’ni chorak finalga qadar yetib borishgani uchun sazovor bo‘lishgan. Urugvay bilan bo‘lgan dramatik o‘yin esa muxlislar xotirasida uzoq yillar saqlanib qoldi. «Qora yulduzlar» o‘shanda Gana bayrog‘ini bezashgan, terma jamoaning oq rangli formasini turli yulduzchalar bilan to‘ldirishgandi.

«QIZIL IBLISLAR» — BU «MYU» EMAS

Belgiyaliklarni «Manchester Yunayted» klubi kabi «Qizil iblislar» deb chaqirishadi. Aniqrog‘i, 1906 yilda jurnalist Per Valker Fransiya va Gollandiya termalarini mag‘lubiyatga uchratgan belgiyalik futbolchilarni beixtiyor shunday atab yuborgan. Belgiya termasining bu laqabida mantiq ham bor, chunki o‘yinchilar uzoq vaqtdan beri qizil libosda maydonga tushishadi.

«SAHRO TULKILARI»

Yana bir Afrika jamoasi — Jazoir termasining laqabi ham o‘ziga xos. Ya’ni bu jamoa o‘yinchilari «Sahro tulkilari» deya nom olishgan. Bunday atalishlariga esa mamlakatning 80% hududi cho‘l bilan o‘ralgani sabab bo‘lgan. Shu bilan birga, mahalliy aholi tungi hayot tarzini kechiruvchi fenek tulkisi (tulkining bir turi, kichkina hayvon) bilan do‘stona munosabatda bo‘lishadi. Mazkur hayvonning nomi esa keyinchalik futbolchilarning laqabiga aylandi. Ta’kidlash kerak, fenek uy hayvoni hisoblanadi.

Manba: penalti.uz
Kiritildi: 19:33, 22.06.2017.
O'qildi: 11351 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.