Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

OITSga chalingan futbolchilar jamoasi

OITSga chalingan futbolchilar jamoasi

Baho:
+ | -

Dunyoda shunday g‘ayrioddiy klublar bor ekanki, o‘qib beixtiyor yoqa ushlaysiz. Bugungi sahifamizda ana shunday jamoalarga to‘xtalib o‘tamiz.

KO‘ZI OJIZLAR JAMOASI

2008 yilda Chexiyaning kattaligi jihatdan ikkinchi o‘rinda turadigan shahri — Brnoda jamoa tuziladi. Qizig‘i shundaki, «BRNO SUPERSONICS» deb atalgan jamoaning deyarli hamma futbolchisi so‘qir edi. Faqat darvozabon ko‘ra olardi, xolos. Birinchidan, futbolchilar o‘ynayotgan paytda tribunada umuman shovqin chiqmaydi. Faqat bosh hakam maydonda futbolchilar nomini aytgandagina tovush chiqarishi mumkin. Shuningdek, futbolchilar jarohat olganlarida quyidagi so‘zni qo‘llashadi — «Voy!»

Sportning bu ko‘rinishi 1986 yilda Ispaniyada o‘ylab topilgan va 2004 yilda Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan. Futbolning mazkur turi bo‘yicha mutlaq chempionlar braziliyaliklar hisoblanadi.

XASTA AYOLLAR KLUBI

Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Zimbabve aholisi eng ko‘p OITSga chalingan mamlakatlardan biri hisoblanadi. Aynan shuning uchun ham mazkur davlatda «ARV Swallows» nomli futbol jamoasi tuzilgan. Gap shundaki, mazkur jamoa OITSni tahlil qilib, unga qarshi kurashuvchi preparat nomi bilan atalgan va jamoa faqatgina OITSga chalingan ayollardan iborat. Futbol o‘yini bu ayollar uchun kasallikni unutish va chalg‘ish vositasi hisoblanadi. Har bir o‘yin muolajalar orasida o‘tkaziladi. Bu xasta ayollar inson qanchalik og‘ir kasallikka chalinmasin, baribir, yashashda davom etishi kerakligini isbotlab berishdi.

MURABBIYSIZ JAMOA

Mazkur jamoa braziliyalik bezori va anarxistlar tomonidan tuzilgan. Eng qizig‘i, «AUTONOMOS FC» jamoasi a’zolari «Hammasini o‘zing bajar» shioriga amal qilishadi. Shundanmi, jamoada sardor ham, bosh murabbiy ham yo‘q. Hammasini birgalikda hal qilishadi. Masalan, jurnalistlar intervyu olmoqchi bo‘lsa, birgalikda intervyu berishadi. 2012 yilda «Autonomos» qoshida yana ikkita jamoa tuzildi — yoshlardan iborat bo‘lgan va aralash. Ushbu jamoa a’zolarining hammasi teng.

SUV O‘RTASIDAGI STADION

1986 yilgacha Tailandning suv bilan o‘ralgan kichikkina qishlog‘i — Kox Panida qayiqlar poygasidan boshqa hech qanday sport turi yo‘q edi. Lekin keyinchalik tashabbuskorlar daraxtli maydon hosil qilishdi va futbol o‘ynay boshlashdi. Shu tariqa yangi jamoa — «Panyi Buoys» tuzildi. Zich qilib taxlangan va sirpanchiq maydonda futbol o‘ynash ijobiy ta’sir ko‘rsatdi — «Panyi Buoys» Janubiy Tailandning ikkinchi divizionidagi eng yaxshi jamoalardan biriga aylandi.

CHEMPION ROBOT-FUTBOLCHILAR

«CHIBA BRAINS FC» ro‘yxatimizdagi eng hayratga soluvchi klub hisoblanadi. Chunki mazkur jamoa odamlardan emas, robotlardan tashkil topgan. Bu futbolchi-robotlarni yaponiyalik ixtirochilar yaratishgan. Hatto robotlar 2007 yilda insonlar bilan futbol ham o‘ynashgandi. 2030 yilda bunday odamsifat robot-futbolchilarni keng ko‘lamda ishlab chiqarish ko‘zda tutilmoqda. Ishlab chiqaruvchilar mazkur robot-futbolchilar 2050 yillarga borib ajoyib o‘yin ko‘rsatishiga, hatto jahon chempionati g‘olibligini qo‘lga kiritishiga ishonishyapti.

Manba: penalti.uz
Kiritildi: 19:23, 24.06.2017.
O'qildi: 8690 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.