«Chelsi» va Angliya terma jamoasining sobiq yarimhimoyachisi Frenk Lempard tez orada murabbiylik faoliyatini boshlaydi.
Sky Sports xabariga ko‘ra, 38 yoshli Lempard Angliya 3-divizioni vakili «Oksford Yunayted»da ish boshlashi mumkin. Klub rahbarlari u bilan bu borada muzokara o‘tkazib olgan.
Eslatib o‘tamiz, Lempard 2017 yil fevral oyida futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi.