Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real» Odriosola bilan qiziqmoqda

«Real» Odriosola bilan qiziqmoqda

Baho:
+ | -

«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan «Real Sosyedad» himoyachisi Alvaro Odriosola bilan shartnoma imzolamoqchi.

Marca xabariga ko‘ra, «Real» o‘ng qanot himoyasi uchun Odriosolani xarid qilishi mumkin. Agar Danilo «Yuventus»ga o‘tib ketsa, Odriosola Dani Karvaxalga raqobatchi bo‘ladi.

21 yoshli futbolchi bilan «Barselona» ham qiziqmoqda.

Ispaniya chempionatining o‘tgan mavsumida Odriosola jamoasi tarkibida 15 o‘yinda maydonga tushib, 4ta golga hammualliflik qilgan. Futbolchining «Real Sosyedad» bilan imzolagan shartnomasi 2022 yilgacha amal qiladi. Uning tovon puli 40 mln yevroga teng. 

Manba: championat.com
Kiritildi: 11:48, 06.07.2017.
O'qildi: 5446 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик