Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Milan 1-1 Roma
30/12 22:30 Komo 2-0 Lechche
31/12 00:45 Bolonya - Verona
31/12 00:45 Ipsvich - Chelsi
31/12 00:45 Aston Villa - Brayton
31/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl

O‘zbek futbolining ildizi mo‘rtmi?

O‘zbek futbolining ildizi mo‘rtmi?

Baho:
+-1 | -

Ochig‘i, terma jamoamizning kelajagi haqida o‘ylar ekanman, beixtiyor uning ildiziga nazar tashladim. Ya’ni terma jamoamizga futbolchilar klublardan qabul qilinadi. Klublarga esa ularning akademiyalari futbolchi yetishtirib beradi. Demak, o‘zbek futbolining, terma jamoamizning yuragi tom ma’noda biz har doim ham e’tibor bermaydiganimiz va odatda panja ortidan qaraydiganimiz akademiyalardir. Xo‘sh, akademiyalarda hamma narsa shaffofmi? Hamma narsa odillik bilan qilinyaptimi?

Ochig‘I, shu paytgacha bunday ikkilanishga bormagandim, chunki akademiyalarga shubha bilan qarash xayolimga ham kelmagandi. Biroq yaqinda bir tanishim aytib bergan voqea sabab xavotirim ortdi, bildimki, o‘zbek futboli yuragini yog‘ bosa boshlabdi.

— Xo‘jayinim o‘g‘lini akademiyaga berdi, — dedi u tanishim. — Yaxshigina pul to‘ladi.

— Yo‘g‘-e, pul ham berdimi?

— Ha, albatta. O‘zi uncha tuzuk o‘ynay olmaydi, ko‘rganman, lekin edi pul to‘lagandan keyin… Yana o‘zi borib mashg‘ulotlarni kuzatadi. Chunki u bormasa murabbiyi o‘g‘lini ko‘p ham maydonga tushirmas ekan, otalar borib, murabbiydan bolalarini ko‘proq o‘ynatishni talab qilisharkan.

— Murabbiy aralashmang, bu mening ishim, iqtidoriga qarab tushiraman, demas ekanmi?

— Iye, qayoqda? Otning kallasidek pul olgandan keyin nima ham deya olardi?

Mana sizga o‘zim eshitgan voqea. Endi buning chin yoki yolg‘onligini yolg‘iz Yaratgan biladi (ishqilib, yolg‘on bo‘lsin). Lekin akademiyalarga puli yo‘qligi tufayli a’zo bo‘la olmagan bir nechta iqtidorli bolalarni eshitganman. Shunda bitta savol qiynaydi meni:

Davomi

Manba: mazmun.uz
Kiritildi: 18:09, 09.07.2017.
O'qildi: 6113 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.