Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Mourinyo: «Mavsumoldi yig‘in paytida mag‘lubiyat juda muhim ahamiyatga ega»

Mourinyo: «Mavsumoldi yig‘in paytida mag‘lubiyat juda muhim ahamiyatga ega»

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourinyu International Champions Cup musobaqasi doirasida «Barselona»ga qarshi o‘yin (0:1) borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Mavsumoldi yig‘in paytida mag‘lubiyat muhim ahamiyatga ega. Mag‘lub bo‘lish hech kimga yoqmaydi, ammo mag‘lubiyat — juda muhim. Barcha o‘yinlarda («Real», «Barselona» va «Siti»ga qarshi) g‘alaba qozonib, AQSHni mag‘lubiyatsiz tark etsak biz uchun yomon bo‘lardi. Shu bois, mag‘lubiyat — bu yaxshi.

Bugun bizda yaxshi vaziyatlar ham, yomon holatlar ham bo‘ldi. Yaxshisini saqlab qolib, yomonini bartaraf etishimiz kerak.

Birinchi bo‘lim 1:0 hisobi bilan yakunlandi, lekin hisob 2:2, 3:3 yoki 4:0 bo‘lishi ham mumkin edi. Tanaffusdan keyin ko‘p o‘yinchilar almashtirildi, lekin o‘rtoqlik o‘yini bo‘lishiga qaramay, har ikkala jamoa natija uchun o‘ynadi. Biz hisobni tenglashtirishga harakat qildik, lekin raqib to‘pni yaxshi nazorat qilib, yaxshi himoyalanishdi. Hattoki, ikkinchi taymdan ham ijobiy narsalarni topish mumkin», — dedi Mourinyo.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 09:44, 27.07.2017.
O'qildi: 5440 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик