Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Vladimir Klichko faoliyatini yakunladi

Vladimir Klichko faoliyatini yakunladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Professional bokschi Vladimir Klichko sportchilik faoliyatini yakunladi.

Jami 69ta jang o‘tkazgan ukrainalik bokschi shulardan 64tasida zafar quchib, 53tasini nokaut bilan yakunlagan edi. U shuningdek 1996 yilda Olimpia o‘yinlarida ham oltin medal sohibi bo‘lgan.

Ma’lumotiga ko‘ra, Klichko britaniyalik Entoni Joshuaga qarshi revansh o‘tkazishga rozi bo‘lmagan. Ushbu jang shu yil noyabrida Las-Vegasda bo‘lishi kutilgandi.

"Men yakuniy va aniq qarorni qabul qilish uchun atayin bir necha hafta kutdim. "Uembli"dagi jangdan so‘ng ancha vaqt o‘tishi kerak edi. Havaskor bokschilik, keyin esa professional darajadagi paytlarimda nimani orzu qilish mumkin bo‘lsa, barchasiga erishdim, hamda endi ikkinchi, sportga aloqasi bo‘lmagan faoliyatni boshlamoqchiman. Bilasizmi, men boksda shunday uzun va juda muvaffaqiyatli yo‘lni bosib o‘tishimga hech kim ishonmagandi. Meni qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat. Birinchi navbatda bu mening oilam, jamoam va ko‘plab muxlislarimga tegishli", - deydi Klichko.

Aprel oyida Klichko Joshuaga qarshi ringga ko‘tarilib, texnik nokautga uchragandi.

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 17:17, 03.08.2017.
O'qildi: 13540 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик