Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton
01/01 22:30 Kristal Pelas - Fulhem
01/01 22:30 Liverpul - Lids
02/01 01:00 Brentford - Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend - Manchester Siti

Kunimiz kinnachilarga qolib ketdimi?!

Kunimiz kinnachilarga qolib ketdimi?!

Baho:
+ | -

Futbol jurnalistikasida mehnat qilayotgan kasbdoshlarim haqida haqoratomuz fikrlarni ko‘rib qolsam, ularni himoya qilish funksiyasi avtomatik ravishda ishga tushadi. To‘g‘ri, sohada ishlayotgan hamma zo‘r emas, besh qo‘l barobar bo‘lmagani kabi (o‘zi qaysi sohada hamma zo‘r?) Ammo futbol orqasidan non topayotgan qolganlar bilan solishtirganda, futbol jurnalistlari ancha oldinda ekani rost. Buni har qanday davrada isbotlab berish qo‘limdan keladi, ensangiz qotmasin.

Mavzuni ochishimga ikki sabab bor. Biri terma jamoalar markazi xodimining subutsizligi, ikkinchisi “Sho‘rtan” matbuot xizmatining yumaloq maqolasi. Har ikkisida ham futbol jurnalisti haqorat ostida qoldi. Yakunda esa aynan uning fikri to‘g‘ri bo‘lib chiqdiki, haqoratlagan tomonning chakagi o‘chdi, biroq o‘sha ikki tomon g‘ururi rasman uzr so‘rab qo‘yishga yaramadi. Shunisiyoq kim aslida kim ekanini ko‘rsatib turibdi.

Jurnalist har jabhada haq degan fikrni ilgari surmayman. Hamma qatori u ham xato qiladi, adashadi. Ammo kasbiy prinsiplaridan to‘g‘ri foydalanayotgan bo‘lsa, tushunmay turib balchiqqa botirib qo‘yish g‘irt noto‘g‘ri narsa.

Terma jamoalar markazida mehnat qiladigan xodim bor, aloqalarimiz yaxshi, ruschasiga aytganda trudogolik, harakatlarini qadrlayman. Hozir uni eslasam, Mourinyo “Real”ni qo‘lga olgan davr yodimga tushaveradi. Ayrim futbolchilarni umuman tanib bo‘lmay qolgandi, esingizdami? Anchelotti esa yana hammasini o‘z izmiga tushirdi. “Futbol professori”ning termaga tashrifi shunday taassurot qoldiradi. Men ungacha do‘stimizning chiqishlarini ko‘rmaganman, “professor” tashrifi uni ilg‘or qildi. Biz aqllimiz, siz esa tupoy, deyiladi hozir.

Xullas, jurnalist Vitaliy Denisov jarohati haqida yozib,

Davomi

Manba: erudit-sport.uz
Kiritildi: 10:48, 08.08.2017.
O'qildi: 6301 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.