Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

«Real» - «Manchester Yunayted» yoxud bugun UYEFA superkubogi sohibi aniqlanadi

«Real» - «Manchester Yunayted» yoxud bugun UYEFA superkubogi sohibi aniqlanadi

Baho:
+ | -

Bugun Makedoniya poytaxti - Skopyedagi «Filipp II Makedonskiy» stadionida UYEFA superkubogi-2017 taqdiri hal etiladi.

Hisob bo‘yicha 42-«superbahs»da CHL g‘olibi «Real» YELda zafar quchgan «MYU»ga qarshi maydonga tushadi. UYEFA superkubogi «ko‘hna qit’a»da futbol mavsumini rasman ochib berishi bilan ahamiyatlidir.

- Hozirgacha 24ta jamoa qit’a superkubogi sohibiga aylangan. Bu borada sovrinni 5 martadan qo‘lga kiritgan «Milan» va «Barselona» klublari rekordchidir.

- Superkubok o‘yini 1972 yili yo‘lga qo‘yilgan. 2ta turnir g‘olibi o‘rtasida alohida sovrin uchun o‘yin o‘tkazish g‘oyasi Gollandiyaning De Telegraaf gazetasi muxbiri Anton Vitkampga tegishli.

U keyinchalik gazetaning sport bo‘limi muharriri sifatida ishlagan. O‘sha payt Gollandiya futboli saviyasi baland edi va Vitkamp mamlakat klublari kuchini Yevropa miqyosida aniqlashni maqsad qilgandi. Xususan, «Ayaks» va uning yetakchisi Yoxan Kroyffning qit’ada o‘zgacha porlashini ko‘rmoqchi bo‘lgan.

- O‘sha davr «Feyenoord» va «Ayaks» jamoalari Yevropa Chempionlar kubogi finaliga 4 marta chiqib, ulardan 3tasida nufuzli sovrinni qo‘lga kiritgandi. Xullas, ilk superkubok o‘yinlarida YECHK va Kubok egalari kubogi g‘oliblari o‘zaro hisob-kitob qilishgan.

- Birinchi superkubok o‘yini 1972 yili De Telegraaf homiyligi ostida o‘tkazilgan. Biroq UYEFA uni tan olmaydi. Chunki Kubok egalari kubogi sohibi - «Reynjers» muxlislari xatti-harakati tufayli tashkilot tomonidan diskvalifikasiya qilingandi. Ammo 100 yillik yubileyini nishonlayotgan Shotlandiya klubi «Ayaks» bilan o‘ynashga rozi bo‘ladi va ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, 6:3 hisobida yutqazadi.

- 1973 yili superkubok o‘yini rasmiy maqomga ega bo‘ldi va «Milan» Chempionlar kubogida yana g‘alaba qozongan «Ayaks»bilan to‘qnash keldi. Lekin bu haqda rasman xabar berilmadi. Birinchi o‘yinda 1:0 hisobida zafar quchgan «Milan» javob uchrashuvida javobsiz 6ta gol qo‘yib yubordi.

- 1974 yili «Bavariya» va «Magdeburg» vakillari o‘yin vaqti masalasida kelisholmadilar va superkubok egasiz qoldi.

- 1975 yildan e’tiboran o‘yin ma’lum vaqt barqarorlik kasb etdi. Biroq mavsum-1981ga kelib, «Liverpul» va Tbilisi «Dinamo»si ham o‘yin muddati bo‘yicha kelisholmay, uchrashuvni barbod qildi. 1984 yili esa taqvim tig‘izligi sabab, Superkubok taqdiriga Turindagi yagona o‘yin orqali oydinlik kiritildi. Ya’ni «Liverpul» klubi «Yuventus» maydoniga safar qildi.

- 1985 yili «Eyzel» voqeasidan so‘ng Angliya klublari yevrokuboklardan 5 yilga chetlatildi. Natijada YECHK g‘olibi - «Yuventus»ga raqib topilmadi. Chunki Kubok egalari kubogini Liverpulning yana bir klubi «Everton» o‘ziniki qilgandi. 

- 1986 yili «Dinamo» (Kiyev) va «Styaua» klublari vakillari sira kelisholmadilar. Natijada Superkubok bahsini betaraf maydonda tashkillashga to‘g‘ri keldi - buning uchun Monakodagi «Lui II» stadioni tanlandi.

- 1991 yili «MYU» va «Srvena Zvezda» o‘rtasidagi javob bahsi Belgraddagi siyosiy notinchlik tufayli bekor qilindi.

- 1993 yili CHLning birinchi sohibi «Marsel» korrupsion mojaro tufayli xalqaro uchrashuvlardan chetlashtirildi. Jumladan, Superkubok bahsidan ham. Natijada Kubok egalari kubogi sohibi «Parma» superkubok uchun CHL finalchisi «Milan»ga qarshi maydonga tushdi.

- 1998 yili UYEFA superkubok uchrashuvini doimiy ravishda neytral stadionda o‘tkazishga qaror qildi. Shu tariqa «Lui II»superkubok bahsining uzoq yillik mezboniga aylandi.

- 1999 yili Kubok egalari kubogi bekor qilingach, superkubok uchun CHL va UYEFA kubogi sohiblari kurashadigan bo‘lishdi.

Hozirgi superkubok 2006 yili ilk bora «Sevilya»ga berilgan. Bunga qadar sovrin yevrokuboklar orasida eng kichigi hisoblanardi. Ya’ni avvalgi kubok uzunligi 42,5 santimetr va vazni atigi 5 kilogrammga teng edi.

Taqqoslash uchun aytsak, CHL kubogi 8 kilogramm bo‘lsa, YEL bosh sovrini yanada og‘ir - 15 kg. Zamonaviy superkubokka kelsak, uning «gavda»si chakki emas - 58 santimetr va 12,2 kilogramm.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:05, 08.08.2017.
O'qildi: 7177 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.