Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Toshkentda “Paxtakor-79” xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazildi

Toshkentda “Paxtakor-79” xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazildi

Baho:
+ | -

Bugun, 11 avgust kuni “Paxtakor” klubi a’zolari vafotiga sabab bo‘lgan aviahalokat sodir bo‘lganiga 38 yil bo‘ldi.

Shu munosabat bilan 11 avgust kuni Toshkentda “Paxtakor-79” xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazildi.

Avvaliga soat 09:00 da futbol jamoatchiligi “Paxtakor” stadioni hududida joylashgan “Paxtakor-79” yodgorligi oldida to‘plandi va unda aviaholakat oqibatida hayotdan ko‘z yumgan futbolchilar bilan birga faoliyat olib borgan To‘lagan Isoqov hamda Narimon Jalolov so‘zga chiqib, marhum paxtakorchilarni xotirladi.

“Paxtakor” stadionidagi tadbir yakunlangach, yig‘ilganlar aviafalokat oqibatida dunyodan ko‘z yumgan futbolchilar sharafiga o‘rnatilgan yodgorlikni ziyorat qilish uchun “Botkin” qabristoniga tashrif buyurishdi.

Qayd etish joiz, 5–9 avgust kunlari 2002 yillarda tavallud topgan bolalar o‘rtasida “Paxtakor-79” xotirasiga bag‘ishlangan “Xotira qanotlari” turniri bo‘lib o‘tdi. Finalda “Paxtakor” va “Yangiyer” jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. O‘yinning ikkinchi bo‘limda kiritilgan yagona to‘p o‘yin taqdirini hal qildi va Dilshod Nuraliyev bosh murabbiyligidagi yosh “Paxtakor” jamoasi xotira turniri g‘oliblariga aylandi.

Uchinchi o‘rin kechgan bahsda Namangan OZK futbolchilari “Paxtakor-2”dan 3:2 hisobida ustun keldi. Musobaqaning yopilish marosimida Birodar Abduraimov, To‘lagan Isoqov, Nikolay Lyubarsev, Vitaliy Kapustyanskiy va Narimon Jalolov kabi futbol faxriylari hamda “Paxtakor” bosh direktori Dmitriy Adisman ishtirok etishdi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 12:05, 11.08.2017.
O'qildi: 3692 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик