Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Oliy liga klublarining stadionlari haqida

Oliy liga klublarining stadionlari haqida

Baho:
+ | -

Stadion ko‘rki muxlislar bilan. Bu isbot talab qilmaydigan aksiomadir. Darhaqiqat, raqib darvozabonini ojiz qoldirgan futbolchi quvonchini kim bilan baham ko‘radi? Albatta, tribunada jamoasini olqishlayotganlar bilan.

To‘g‘ri, ayni damda ham oliy liga jamoalarimiz o‘yinlariga keladigan ishqibozlar oqimi bilan maqtanolmasligi mumkin. Ammo mustaqillik yillarida yurtimizda jahon standartlariga to‘liq javob beradigan stadionlar barpo etilib, eski arenalar esa zamonaviy qiyofa kasb etishi, maydonlar holati ancha yaxshilangani chiroyli futbol namoyish etishga sharoit yaratib berdi.

Tabiiyki, bu - stadionlarda millionlar o‘yinini yana jonli tomosha qilishga ishtiyoqmand ishqibozlar salmog‘ini birmuncha oshirdi. Demak, bugun oliy liga jamoalarining «uylar»iga birma-bir ko‘z yugurtiramiz.

«Bunyodkor»: «Bunyodkor» stadioni

Yurtimizdagi eng ko‘rkam arena deya e’tirof etiladigan «Bunyodkor» stadionida shu nomdagi klub hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z uy uchrashuvlarini o‘tkazib keladi.

Zamonaviy dizayn asosida qad rostlagan «Bunyodkor» tom ma’noda bugungi kunda O‘zbekistonning faxriga aylanib ulgurdi.

Mazkur stadion 2012 yilning 29 avgust kuni foydalanishga topshirilgan. «Qaldirg‘ochlar»ning uy stadioni o‘z bag‘riga 34 800 muxlisni sig‘dira oladi. Uning maydon o‘lchami - 105x68. Stadion OFK va FIFAning eng yuqori toifadagi stadioni sertifikatiga ham ega.

«Buxoro»: «Markaziy» stadioni

«Buxoro» jamoasi raqiblarini 2002 yil ishga tushirilgan  «Markaziy» stadionda qabul qilmoqda. Ulug‘bek Baqoyev shogirdlarining shiddatli va hujumkor o‘yinlari bois so‘nggi paytlarda eng ko‘p tomoshabin aynan Buxoroda kuzatilmoqda.

Ushbu stadion 20 400 ishqiboz uchun mo‘ljallangan. Umumiy yer maydoni anchagina «Markaziy»da nogironlar uchun 1000 ta maxsus joy ajratilgan. Bu borada yurtimizdagi hech bir stadion «Markaziy» bilan tenglasholmaydi.

«Dinamo»: «Dinamo» stadioni

Samarqandliklar uyi vazifasini shahar markazida joylashgan «Dinamo» stadioni bajaradi. Mazkur arena 1962 yilda barpo etilgan. Shu kunga qadar bir necha bor qayta ta’mirni «boshi»dan kechirdi. Ayni paytda «Dinamo» stadionida 13 800 muxlis futbol tomosha qilish imkoniyatiga ega. Ba’zi kuchli jamoalarga qarshi o‘yinlarda bu sig‘im kichiklik qilayotgani ham bor gap.

«Lokomotiv»: «Lokomotiv» stadioni

«Temiryo‘lchilar»ga mezbonlikni poytaxtimizdagi eng ko‘rkam «Lokomotiv» stadioni bajaradi. O‘zbek futbolining yuz yilligi munosabati bilan 2012 yilda barpo etilgan ushbu arena bor-yo‘g‘i 8 ming muxlisni o‘z bag‘riga sig‘diradi.

Stadion har tomonlama futbol ishqibozi uchun qulay. Uning har bir nuqtasidan, hattoki, darvoza ortidagi sektordan ham maydonda ketayotgan o‘yinni bemalol tomosha qilish imkoniyati mavjud. Biroq amaldagi chempion ishtirokidagi uchrashuvlarning aksariyatida stadionning yarmi ham to‘layotgani yo‘q.

«Mash’al»: Bahrom Vafoyev nomidagi stadion

1980 yillar boshida Muborak shahrining futbolsevar yoshlari jamoa tuzish tashabbusi bilan chiqdilar. Muborak texnologik transport va maxsus texnikalar korxonasining rahbari Bahrom Vafoyevning sa’y-harakatlari ortidan 1982 yili futbol jamoasiga asos solindi. 

Katta maqsadlarni ko‘zlagan futbolchilar ilk mavsumdayoq viloyat birinchiligida muvaffaqiyat qozonib, Respublika birinchiligiga yo‘llanma olishdi.

Shu yillarda aynan Bahrom Vafoyevning tashabbusi, Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Muborak gaz ishlab chiqarish bosh­qarmasi, boshqa homiylar ko‘magi hamda hashar yo‘li bilan shahar markazida stadion qurib bitkazildi. Ushbu stadionga keyinchalik aynan Bahrom Vafoyev xotirasi uchun uning nomi berildi. 9000 muxlis «Mash’al»ni uy uchrashuvlarida qo‘llab-quvvatlab turish imkoniyatiga ega.

«Metallurg»: «Metallurg» stadioni

Ilgari mehmonlarni Bekobod shahridagi A. Anoxin nomli stadionda qabul qilgan «Metallurg» ham 2012 yilda shaxsiy o‘z «uy»iga ega bo‘ldi. 2012 yilgi chempionatning 14-turidan o‘rin olgan «Metallurg» - «Paxtakor» bahsi aynan yangi «Metallurg» stadionida o‘tkazildi. 15 ming bekobodlik o‘z jamoasining o‘yinlarini bevosita stadiondan kuzatish imkoniyatiga ega.

«Navbahor»: Markaziy «Navbahor» stadioni

1980 yilda hashar yo‘li bilan qurib bitkazilgan «Navbahor» stadionida sevimli jamoasini 30 mingdan ziyod tomoshabin qo‘llab-quvvatlardi.  To‘liq ta’mirlanib, 2014 yilning ikkinchi yarmida qaytadan foydalanishga topshirilgach, muxlislar sig‘imi biroz pasaydi - 21 752 nafar. «Navbahor» ishtirokidagi ba’zi o‘yinlarda ko‘p ishqibozlar stadion tashqarisida qolib ketishmoqda.

«Nasaf»: «Nasaf» markaziy stadioni

«Markaziy» 2006 yilda foydalanishga topshirilgan, 2009 yil «Nasaf» futbol klubi ixtiyoriga berilgan. 2016-2017 yillari stadion to‘liq rekonstruksiya qilindi. Natijada o‘rindiqlar soni 16 000tadan 21 000taga oshdi. Ushbu arenadagi maydon o‘lchami - 104x68.

«Neftchi»: «Istiqlol» stadioni

Yurtimizda qurib bitkazilgan stadionlarning eng so‘nggilaridan biri Farg‘ona shahrida qad rostlagan «Istiqlol»dir. «Neftchi» jamoa­sining ushbu ko‘rkam stadioni 20000 tomoshabinga mo‘ljallangan. 2015 yilning 18 mart kuni ochilish marosimini o‘tkazgan «Istiqlol» maydonining o‘lchami 107x95 ni tashkil etadi.

«Obod»: «Jar» va TTYMI stadionlari

Oliy liga ikkinchi davrasida ishtiroki dastavval so‘roq ostida turgan «Obod» sal bo‘lmasa, stadionsiz qolishi ham hech gap emasdi. Mavsumning birinchi qismida raqiblarini «Jar»­ga taklif etgan «obodchilar» endi bu arenani «Paxtakor» yoshlariga bo‘shatib berishdi. «Obod» futbolchilari esa «Lokomotiv» jamoasi yoshlar tarkibi o‘ynaydigan TTYMI stadioniga ko‘chib o‘tishdi. Mazkur arena 6010 nafar tomoshabinga mo‘ljallangan. Oliy ligada arang «jon» saqlayotgan autsayder jamoasi o‘yinlariga aniqki, 1000 nafarga yaqin muxlis kelishi ham amrimahol.

«Olmaliq»: OKMK sport majmuasi stadioni

OKMK sport majmuasini barpo etish ishlari 2011 yilda boshlanib, 2014 yilning mart oyida tamomlangan. Majmua qoq markazidan o‘rin olgan stadion 12 ming nafarga yaqin muxlisni sig‘dira oladi. Maydon o‘lchami 105x68 metr. Ushbu arenaning ochilishi mahalliy jamoaga omad keltirgan. Ya’ni, «Olmaliq» va «Metallurg» jamoalari o‘zaro bahslashgan uchrashuvda mezbonlar 3:2 hisobida zafar quchishgan.

«Paxtakor»: «Paxtakor» stadioni

Bu stadionga «eng» e’tirofi juda yarashadi. Ammo birgina istisnoni hisobga olmaganda. Yaqingacha «Paxtakor» asosiy raqobatchilari bilan kurash olib borayotganda ham atigi bir necha yuz muxlis olqishi ostida to‘p surardi.

Poytaxtning eng keksa klubiga Shota Arveladze kelgach, muxlis yig‘ish bobida «eng»ni o‘ziniki qilishiga shubha qolmayapti.

Darvoqe, «Paxtakor» markaziy stadioni 1956 yilda qurib bitkazilgan. O‘shanda jamoa o‘yinlarini 55 ming kishi tomosha qilardi. 2008 yil stadion to‘liq qayta ta’mirdan chiqarildi.

Zamonaviy o‘rindiqlar o‘rnatildi. Xuddi xorijiy jamoalarniki kabi o‘rindiqlar klub libosi rangiga bo‘yaldi. Futbolchilar, hakamlar, jurnalistlar va muxlislarga imkon qadar yaxshi sharoitlar muhayyo etildi. Stadion sig‘imi esa 34 mingga tushirildi.

«So‘g‘diyona»: «So‘g‘diyona» stadioni

Yangi «So‘g‘diyona»ning bunyod etilganiga ham uncha ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. 2015 yilning 26 iyun sanasida ushbu arena foydalanishga topshirilgandi. Mana shundan buyon «So‘g‘diyona» uy uchrashuvlarini ushbu stadionda o‘tkazib kelmoqda. Ta’kidlash kerakki, mashhur arena 11 650 muxlisni sig‘diradi. Hozirda «So‘g‘diyona» ishtirokidagi uchrashuvlarni ko‘pi bilan 3-4 ming muxlis bevosita stadiondan kuzatmoqda.

«Sho‘rtan»: «Sho‘rtan» stadioni

Aslida G‘uzordagi markaziy stadionda 10 417 nafar ishqiboz uchun sharoit bor. Ammo «Sho‘rtan» muxlislari ham ko‘p emas. Ushbu inshoot o‘tgan asrning 70-yillarida hashar yo‘li bilan barpo etilgan. Ixchamgina stadion o‘ziga xos uslubda barpo etilgan va bir paytlar OFK kubogi bahslarining guruh uchrashuvlariga ham mezbonlik qilgan.

«Qizilqum»: «Yoshlar» sport majmuasi

Navoiyliklarning uy stadioni ­­11 ­­650 muxlisga mo‘ljallangan. 2014 yilning 2 mayida foydalanishga topshirilgan mazkur majmua Navoiy shahrining eng ko‘rkam inshootlaridan biri sanaladi.

«Qo‘qon -1912»: «Markaziy» stadion

Oliy liganing joriy yilgi mavsumida barchani o‘zining ajoyib o‘yin­lari va qayd etayotgan natijalari bilan hayron qoldirayotgan jamoa  «Qo‘qon-1912»dir.

Zero, jamoa musobaqa jadvalida yetakchilar qatorida bormoqda. Raqiblariga syurprizlar tayyorlayotgan klubdan muxlislar ham shunday «sovg‘alar»ni kutishga o‘rganib qolishdi. 10 000 ishqibozga mo‘ljallangan «Markaziy» stadionning deyarli har bir uchrashuvda to‘layotgani bejiz emas.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:43, 04.09.2017.
O'qildi: 11746 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.