Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/11 01:00 Monako 2-3 Benfika
28/11 01:00 Aston Villa 0-0 Yuventus
28/11 01:00 Bolonya 1-2 Lill
28/11 01:00 Seltik 0-0 Bryugge
28/11 01:00 Dinamo Zagreb 0-3 Borussiya D
28/11 01:00 Liverpul 2-0 Real Madrid
28/11 01:00 PSV 3-2 Shaxtyor
28/11 15:00 Istern 1-4 Sidney
28/11 15:00 Chonbuk Motors 4-0 Sebu
28/11 17:00 Kaya–Iloilo 1-1 Sanfrechche Xirosima
28/11 17:00 Jechjiang 4-2 Lion Siti Seylors
28/11 17:00 Selangor 1-2 Muangtong Yunayted
28/11 19:00 Port 2-2 Persib
30/11 01:00 Brayton - Sautgempton
30/11 18:00 Barselona - Las-Palmas
30/11 19:00 Komo - Monsa
30/11 20:00 Brentford - Lester
30/11 20:00 Kristal Pelas - Nyukasl
30/11 20:00 Vulverhempton - Bornmut
30/11 20:15 Alaves - Leganes
30/11 22:00 Milan - Empoli
30/11 22:30 Vest Xem - Arsenal
30/11 22:30 Espanyol - Selta

Gapi boshqa, amali boshqa Nabil Fekir

Gapi boshqa, amali boshqa Nabil Fekir

Baho:
+ | -

Nabil Fekir Fransiya chempionati start qismida urilgan eng chiroyli gol muallifiga aylandi. U «Lion» va «Bordo» o‘rtasida kechgan va dahshatli tus olgan o‘yin (3:3)da maydon markazidan zarba yo‘llab, raqib darvozabonini juda ayanchli ahvolga soldi.

«Lion» xavbeki Fransiyada yana qanday karomatlari bilan mashhur? Muxlislar uni nihoyatda qadrlashadi, shuning barobarida «Lion» tarafdorlari orasida ham futbolchiga nafrat ko‘zi bilan qaraydiganlari ko‘p? Boisi nima? «Sovetskiy sport» gazetasi aynan muhabbat va nafrat hamohangligi sababini aniqlashga urindi.

*****

2015 yilning sentyabr oyida kuzatilgan noxushlik Fekir faoliyatini shunchaki, ikki qismga ajratib qo‘ydi. O‘shanda futbolchi Fransiya milliy jamoasining Portugaliya termasiga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yinida dahshatli jarohatga yo‘liqqandi. Shifokorlar tashxisi yaxshi chiqmadi - tizza paylari uzilishi. Natijada futbolchi naq 7 oy futboldan chetda qoldi.

Bunday jarohat yoqimsiz, albatta, 22 yoshda shunday qismatga duch kelish esa ikki hissa og‘ir. Zero, tizza shikastlanishi natijasida futbolchi avvalgi saviyaga qaytolmasligi ham mumkin. O‘sha vaqt Fekir «Lion»ning asosiy tarkibida atigi bitta to‘laqonli mavsum o‘tkazishga ulgurgandi, xolos. Lekin qanaqa deng?

Mavsum 2014|2015da 13ta gol va 9ta samarali uzatma - bu yosh iqtidor uchun ajoyib ko‘rsatkich. Xullas, Fekir bir urinishda Aleksandr Lakazett bilan birga «to‘quvchilar»ning asosiy kuchiga aylandi. Lakazett faqat gol urish masalasida ko‘zga tashlangan bo‘lsa, qahramonimiz assistentlik qilishda ham benazir ekanligini isbotladi.

Qolaversa, u maydonda pleymeyker va ortga surilgan hujumchi vazifalarini qo-yilmaqom darajada uyg‘unlashtirgandi. Oddiy aytganda, hujumkor yarim himoyachi to‘pni olib yurish bobidagi yuqori texnikasi va maydonni juda yaxshi ko‘rish xislati bilan jamoaning oldinga intilish harakatlarini to‘liq nazorat qilib, chinakam yetakchi sifatida gavdalandi.

*****

Afsuski, bemavrid jarohat Fekirning katta sur’atiga jiddiy putur yetkazdi. Boz ustiga, u o‘yindan chetga chiqqach, vaqtini asosan ortiqcha va behuda gap-so‘zlarga sarfladi. Avvaliga orzusi qachondir «Barselona»da o‘ynash ekanligini yashirmagan futbolchi keyinchalik mutlaqo boshqa mazmunda gapirdi: «Hozir Zayniddin Zidanning qo‘ng‘irog‘ini kutyapman, «Real» libosini kiyishga qarshi chiqmasdim». Oradan yana ma’lum muddat o‘tgach, Fekir uchun qaysi klubga o‘tishining umuman qizig‘i yo‘qligi oydinlashdi.

Har holda, futbolchining o‘zi amaldagi klubi bilan xayrlashishga asosiy maqsad sifatida qarayotgani, zero, saviya bobida uning darajasidan allaqachon o‘zib ketganini ta’kidladi: «Men tarkibida o‘ynashni orzu qiladigan 4ta jamoa bor: «Barselona», «PSJ», «Yuventus» va «Bavariya». Tabiiyki, Fekirning o‘z kelajagi mavzusida matbuot bilan oshkora gaplashishga haddan ortiq berilib ketgani klub rahbariyatini g‘azablantirmay qolmadi.

Axir mahmadona yarim himoyachi va «Lion» o‘rtasida shartnoma bor edi. Shuningdek, Nobilning bunday yondashuvi jamoa muxlislari muhabbatini ham nafrat bilan aralashtirib yubordi. Qisqasi, Fekir maydon tashqarisida o‘tkazgan butun vaqtini o‘z kelajagini belgilashga urinib, shunchaki, dushman orttirib oldi. «Lion»ning bu orada qanday o‘ynayotgani esa uni zarracha qiziqtirmadi, go‘yo.

Binobarin, Nobil klubga juda balanddan qaray boshlagandi. Ish shu darajaga bordiki, futbolchi hattoki, Fransiya prezidenti Fransua Olland bilan og‘zaki jangga kirishdi. Gap shundaki, mamlakat rahbari futbolchilar miya faoliyatini yaxshilaydigan «trenajyor»ga ham muhtoj ekanliklari xususida gapirgandi.

Bunga birinchi bo‘lib aynan Fekir munosabat bildirdi, boz ustiga, keskin ohangda: «Ollandning gaplari o‘ziga siylov. Har joyda ahmoq va aqlli odamlar bor. Biroq prezident agar barcha futbolchilarni ahmoqdek ko‘rayotgan bo‘lsa, demak, u bu soha vakillarini yaxshi bilmaydi».

*****

Turli noxushliklarga qaramay, Fekir safga qaytishi hamono sport formasini tezda tikladi. Ya’ni qisqa vaqt ichida avvalgi saviyasiga qaytdi. Deylik, mavsum-2016|2017da 13ta samarali harakatni amalga oshirdi - 9ta gol va 4 marta assistentlik. Ammo matbuot orqali turli gap-so‘zlar tarqatishni ham unutmadi, baribir.

Xususan, o‘z intervyularidan birida pachakilashib o‘tirmay, Ispaniya chempionatini nihoyatda yaxshi ko‘rishini aytib, La-ligani jahon futbolidagi eng kuchli birinchilik sifatida maqtadi. To‘g‘ri, bunda kimnidir ranjitib qo‘ymaslik niyatida qaysidir klubni alohida tilga olmadi.

Keyinroq Fekir braziliyalik Neymarning «PSJ»ga o‘tgani xususida ham o‘ziga xos fikr bildirib, fransuzlar qalbini yana yaraladi: «Ochig‘i, tushunmadim, «Barselona», Messi va Suaresni bir chetga surib, Fransiya chempionatiga yuzlanish - g‘irt ahmoqlik» (vaholanki, u faoliyatining boshlang‘ich qismida aynan «PSJ»ni orzusidagi jamoa sifatida ko‘rsatgandi).

Albatta, Nobilning bunday fikrlari fransuz ligasi imidjiga zarba hisoblanadi. Axir futbolchi o‘zi o‘ynab turgan chempionatga yuzlanishni tentaklik o‘rnida ko‘rsa, unda maydonga qanday kayfiyatda tushadi?

*****

Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, Fekirning professionallik darajasiga qoyil qolish kerak - u maydonda o‘z zimmasidagi ishlarni sifatli bajarmoqda.

Qolaversa, Aleksandr Lakazett yoki Korenten Tolissodan farqli o‘laroq, «Li-on»dan ketgani ham yo‘q. Nobilning maydon markazidan «Bordo» darvozasiga yo‘llagan goliga kelsak, hammasi fantastik tus oldi, ammo bu uning ijrosidagi yagona samarali harakat emas.

Qarang, hujumkor yarim himoyachi dastlabki 3ta turda 3ta gol urishdan tashqari, o‘z hisobiga samarali uzatma ham yozib qo‘ydi. Ha, agar jarohatlar pand bermasa va futbolchi shu ruhda davom etsa, uning «Real», «Barselona», «PSJ», «Yuventus» yoki «Bavariya» libosini kiyish haqidagi orzusi ertami-kech ro‘yobga chiqishi hech gap emas.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:44, 06.09.2017.
O'qildi: 4466 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.