"Barselona" yarimhimoyachisi Ivan Rakitich "Espanyol"ga (5:0) qarshi La Liga 3-tur o‘yinidan so‘ng, jurnalistlar bilan suhbatlashdi.
Xorvatiyalik futbolchining gapiga ko‘ra, futbolchilar rahbariyatdan norozi emas.
"Rahbariyat bilan munosabatlarimiz yaxshi. Biz Bartomeuni 100% qo‘llab-quvvatlaymiz. Birgalikda g‘alabalarga erishishimiz shart" - dedi futbolchi.













