Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Qayerda xato qildik?

Qayerda xato qildik?

Baho:
+ | -

«Yo Janubiy Koreyani mag‘lub etamiz yoki futbolni yig‘ishtirib qo‘yish kerak!» Bu - odatda, savollarga og‘ir-bosiqlik bilan javob qaytaradigan O‘zbekiston termasi sardori Odil Ahmedovning gapi.

Uni shunday deyishga Xitoydagi nursiz o‘yin majbur qildi. Chunki ushbu muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng milliy jamoamiz juda qiyin ahvolda qolgandi.

Bu yog‘iga o‘z maydonimizda koreyslar ustidan g‘alaba qozonishimiz (hozirgi murabbiy boshchiligida buni uddalash reallikka zid edi) yoxud «pley-off»da qolib ketish xavf solgan. Yakunda esa o‘zbekistonlik ishqibozlar ikkisidan ham quruq qolishdi.

Sports.ru saytining «Uzbekskaya kuxnya» blogi aynan qayerda qanday xatoliklarga yo‘l qo‘yilganini tahlil qilishga urindi.

Hujum

JCH-2018 saralashining barcha o‘yinlarida O‘zbekiston termasiga hujumkorlik yetishmadi. Misol uchun, joriy yil rasmiy bahslarda milliy jamoamiz atigi bitta gol urgan, o‘shanda ham guruhning eng zaif ishtirokchisi hisoblangan qatarliklar darvozasi ishg‘ol qilingandi. Jadvalga nazar tashlasangiz, O‘zbekiston termasining barchadan kam to‘p kiritganiga guvoh bo‘lasiz - 6ta gol. Suriyaliklarda - 9ta, Qatar va Xitoyda - 8tadan, Eron va Janubiy Koreya haqida-ku gapirish shartmas.

O‘zbekiston termasida quyidagi taktik sxema qo‘llanilishiga ko‘nikdik. Asosiy tarkibda odatdagidek, yagona forvard o‘ynab, unga qanotdagi xavbeklar ko‘maklashishdi. Hammasi bir xil ssenariy ostida kechdi. Hujumchi vazifasini eplolmaydi va uning o‘rnini yoshi o‘tib qolgan Aleksandr Geynrix egallaydi. Mazkur o‘zgarishdan so‘ng oldingi chiziqda shiddat va sifat paydo bo‘ladi, ammo o‘z navbatida, tezlik yo‘qoladi. «Oq bo‘rilar» faqat bitta bahsda ikki forvard taktikasini tanlashgan, o‘shanda ham bu qaror o‘zini oqlamagandi - O‘zbekiston Eronda mag‘lubiyatga uchradi. O‘shanda ham maydon markazida Afonin-Ahmedov-Haydarov triosi ishlaganini inobatga olsak, bor e’tibor hujumga qaratilmaganiga guvoh bo‘lamiz.

Yetakchilik salohiyati tanqisligi

Bu terma, eng avvalo, birinchi raqam ostida o‘ynolmasligi bilan yodda qoldi. Futbolchilarimiz anchadan buyon, aniqrog‘i, 2005 yildan beri iroda kuchini ko‘rsatishmayapti. O‘shanda «Paxtakor» stadionida Quvaytning qanday taslim etilgani yodingizdadir? Saralashning dastlabki o‘yinlariyoq xavotir tug‘dirdi. Suriya termasidan arang 3 ochko olindi, Qatar o‘z uyida yengildi, favoritlarga qarshi kechgan ikki uchrashuv esa koreys va eronlik futbolchilarga jiddiy qarshilik ko‘rsatishga hali erta ekanini namoyon qildi. J.Koreya bilan Toshkentda o‘tgan o‘yinda ham Son Xyun Min yetakchiligidagi terma vaziyatni nazorat qilib, yarim kuch bilan to‘p surdi.

Saralashning ikkinchi bosqichiga nazar tashlasak, O‘zbekiston milliy jamoasi Bahrayn, Filippin va KXDRga qarshi ajoyib o‘yinlar o‘tkazdi. Ammo o‘z uyida kechgan bahslarda kuchsiz termalarni ham bazo‘r mag‘lubiyatga uchratdi. Qulay imkoniyatlar ko‘kka sovurildi, o‘yin sur’atini oshirishda oqsash kuzatildi.

Murabbiylar shtabi

Yumshoq qilib aytganda, O‘zbekiston termasi tarixida katta omadsizlikka uchragan ikki murabbiy bo‘lgan. 2000 yili Yuriy Sarkisyan va 2017 yili Samvel Babayan. 21-asrning dastlabki yillaridagi muvaffaqiyatsizliklarni avlodlar almashinuviga yo‘yadigan bo‘lsak, bu safar tajriba, saviya va oddiy haqiqatni anglamaslik pand berdi: bu - murabbiylik ishi, menejment emas. Taassufki, Babayan avval-boshdan menejerga xos vazifalarni bajardi. Futbolchilarni shug‘ullantirish o‘rniga, ularni pulladi. Xitoy termasiga qarshi bahsda maydonga tushgan asosiy tarkibdagi futbolchilarning deyarli yarmi uning transferlar bozoridagi ishi mahsuli. Aytishlaricha, aynan u Sergeevning «Pekin Guoan»ga, Jeparovning Eronga yo‘l olishi, Shomurodovning «Rostov» safiga qo‘shilishiga bosh-qosh bo‘lgan.

Babayan faoliyatining diqqatga molik yana bir jihati shundaki, u matbuot bilan yaxshi ishladi. Murabbiylik postini egallagan dastlabki kunlardanoq mahalliy OAV vakillarini to‘plab, suhbat o‘tkazdi, Championat.com saytiga intervyu berdi. E’tiborlisi, bundan 3 kun avval «Chempionat»da Eldor Shomurodov haqida maqola chiqqandi. Unda muallif futbolchining agentlik bo‘yicha ish yurituvchi ProSports Management bilan shartnoma imzolagani haqida so‘z yuritgandi. Mazkur kompaniya vakillaridan biri Qahhor Mo‘minov shaxsan Shomurodovning «Rostov»ga o‘tishida vositachilik qilgandi. Qizig‘i, Eldor to‘g‘risidagi maqola va Babayan bilan uyushtirilgan suhbat muallifi bir kishi - Mark Bessonov.

Jismoniy holat

Eng muhim faktorlardan yana biri - jismoniy tayyorgarlikning maromida emasligi. Hattoki, g‘alabali o‘yinlarning oxirgi daqiqalarida ham futbolchilarda charchoq alomatlari sezildi va buning oqibatida qulay imkoniyatlardan foydalana bilmaslik ko‘zga tashlandi, so‘nggi pallada gollar o‘tkazib yuborildi (garchi ularning ba’zisi penaltidan urilgan bo‘lsa ham). Joriy yilning iyul oyida jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy tayinlandi. Ushbu vazifaga «Anji»da Guus Xiddink bilan ishlagan Chima Oneke olib kelindi. Xo‘sh, nega shu ish avvalroq amalga oshirilmadi?

Aynan bemavrid charchoq tufayli O‘zbekiston termasi Seulda koreyaliklarga imkoniyatni boy berdi. Bir qarashda guruhimiz unchalik murakkab emasdi. Hattoki, «pley-off»da qatnashish huquqi qo‘lga kiritilganida ham bir navi edi. Ammo O‘zbekistonda ham futbol borligini namoyish etish vaqti hali kelmagan ko‘rinadi. Hammadan ko‘ra, Janubiy Koreya termasiga qarshi bahs yakunida ko‘ziga yosh olgan Odil Ahmedovga achinamiz, axir bu uning jahon chempionatiga chiqish yo‘lidagi so‘nggi imkoniyati edi.

Yevdokim RAIMOV

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:07, 12.09.2017.
O'qildi: 7864 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.