"Real" muxlislari uelslik hujumchi Garet Beylning o‘yinidan norozi bo‘lmoqda.
Futbolchi APOEL (3:0) klubiga qarshi o‘yinda bir golga hammualliflik qilgan edi. Biroq, bellashuv oxirida juda qulay imkoniyatdan foydalana olmadi va shu zahoti hushtakbozlikka uchradi. Shundan so‘ng, bosh murabbiy Zidan uni 82-daqiqada zaxiraga oldi.