Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/11 01:00 Bavariya 1-0 Benfika
07/11 01:00 Feyenoord 1-3 Zalsburg
07/11 01:00 Srvena Zvezda 2-5 Barselona
07/11 01:00 Inter 1-0 Arsenal
07/11 01:00 PSJ 1-2 Atletiko
07/11 01:00 Sparta 1-2 Brest
07/11 01:00 Shtutgart 0-2 Atalanta
07/11 13:00 Sidney 0-1 Sanfrechche Xirosima
07/11 15:00 Sebu 2-9 Muangtong Yunayted
07/11 15:00 Chonbuk Motors 1-0 Selangor
07/11 16:00 OKMK 2-2 Olimpik
07/11 17:00 Istern 1-2 Kaya–Iloilo
07/11 17:00 Lion Siti Seylors 2-3 Persib
07/11 17:00 Jechjiang 1-2 Port
07/11 18:15 Dinamo 1-2 Lokomotiv
08/11 00:45 Jenoa - Komo
08/11 18:15 Bunyodkor - Metallurg
09/11 00:45 Lechche - Empoli
09/11 01:00 Rayo Valyekano - Las-Palmas
09/11 16:00 Navbahor - Paxtakor
09/11 17:00 Nasaf - So‘g‘diyona
09/11 18:00 Real Madrid - Osasuna
09/11 18:15 Surxon - Neftchi
09/11 19:00 Venetsiya - Parma
09/11 20:00 Kristal Pelas - Fulhem
09/11 20:00 Vest Xem - Everton
09/11 20:00 Vulverhempton - Sautgempton
09/11 20:00 Brentford - Bornmut
09/11 20:15 Vilyarreal - Alaves
09/11 22:00 Kalyari - Milan
09/11 22:30 Brayton - Manchester Siti
09/11 22:30 Espanyol - Valensiya

To‘polonchi Orye «Tottenhem»da

To‘polonchi Orye «Tottenhem»da

Baho:
+ | -

Serj Oryeda zamonaviy fulbekka xos barcha jihatlar mujassam - ajoyib tezlik, hujumdagi ishonchli o‘yin va to‘pni olib qo‘yish chog‘ida amalga oshiriladigan aniq uzatmalar. Bu xislatlarini u kamtarona «Tuluza»da ham ko‘rsatgan. Shu bois «PSJ»dagi mahalliy boylar raqobatchilarni g‘aflatda qoldirib, mahoratli futbolchini darhol xarid qilishdi. To‘g‘ri, dastlab moliya­viy «feyr-pley»ni chetlab o‘tish maqsadida Oryeni ijaraga olishdi, ammo ko‘p o‘tmay, 10 million yevro evaziga uning transfer huquqiga ega bo‘lishdi.

«Lans» akademiyasi Serj bilan Rafael Varan qatori eng yaxshi tarbiyalanuvchilaridan biri sifatida faxrlanadi. Orye muntazam ravishda ichki chempionat hamda Yevropa Chempionlar Ligasining turli ramziy termalaridan o‘rin olgan. Oyning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishga nomzodlar qatorida esa Zlatan Ibragimovichdan keyin ikkinchi pog‘onada yurgan. Ammo fe’l-atvori borasida maqtashga arzigulik jihatlar kam. U mazkur masalada Mario Balotelliga o‘xshaydi. Iqtidori yetarli, har qanday jamoani kuchaytirishga qodir, lekin nojo‘ya qiliqlari tufayli doimo atrofdagilarning jahlini chiqarishga ko‘nikkan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi mojarolar

Parijliklarning muvaffaqiyatni nishonlashayotgani tasvirlangan videoyozuvlarni internetdan topish mushkul emas. Bu o‘rinda gap klubning YouTube saytidagi kanali haqida ketmayapti, aksincha, barcha roliklar Oryening «Instagram» va «Periskop»dagi sahifalarida bor. U translyasiya payti klubdoshlari hamrohligida g‘alabani nishonlayotgan bo‘ladi. Odatiy videolardan farqli o‘laroq, bunisi jonliroq chiqadi. Ammo aynan ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari tufayli Serj uzoq muddatli diskvalifikasiyalarga uchragan, mashg‘ulotlardan chetlatilgan - hammasiga o‘zining nojo‘ya gap-so‘zlari sabab bo‘lgan. Kot-D`Ivuar termasi yetakchisi Didye Drogba ushbu holatga o‘z munosabatini ham bildirgandi: «Kenja ukam Oryeni ta’qib qilishlari meni ranjitmoqda. Yoshlarga o‘z vaqtida ko‘mak berilmasa, ular xatolarini anglab yetishlari mumkinmi? Axir biz ularning o‘zlarini qanday tutishlarini o‘rgatishimiz, ijtimoiy tarmoqlar olami bilan tanishtirishimiz, «o‘rgimchak to‘ri» faoliyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini anglatishimiz lozim».

2015 yilgi YECHL javob bahsida Ibragimovichning chetlatilishi Serjni g‘azablantirdi, natijada futbolchi Facebook orqali hakamni haqoratladi. Ammo ko‘p o‘tmay, qaydlarni o‘chirib yubordi, biroq UYEFA tartib-intizom qo‘mitasi keskin jazo qo‘lladi - yevrokuboklardagi keyingi uchta o‘yinga diskvalifikasiya.

Kelgusi yili esa «Periskop»da murabbiy va klubdoshlarini haqorat qilgani uchun deyarli bir oyga mashg‘ulotlardan chetlatishdi. Bo‘lib o‘tgan gap-so‘zlardan so‘ng Ibragimovich buning uchun Oryeni do‘pposlash kerakligini aytdi, jamoaning o‘sha paytdagi ustozi Loran Blan esa juda ranjiganini bildirdi: «Ushbu haqoratlarga chidab bo‘lmaydi. Har kimning o‘z fikri bor, ammo ikki yil avval Serj aynan mening qistovimdan so‘ng «PSJ»ga o‘tgandi. Evaziga esa minnatdorchiligini shu tariqa ko‘rsatdi».

Klub prezidenti mojarolarga o‘ch futbolchi bilan uzoq suhbatlashdi, so‘ngra biroz hovuridan tushgan Zlatan ham jamoa yetakchilari hamrohligida shunday musohaba o‘tkazdi. Orye ommaviy tarzda kechirim so‘radi, rahbariyat amaldagi shartnomani bekor qilishni xohlamadi, to‘polonchi esa chempionlikni nishonlash marosimiga chaqirildi. Jazo biroz yengil bo‘ldi - 20 martgacha jamoadan chetlashtirildi. Natijada, Serj Londonda o‘tgan «Chelsi»ga qarshi bahsni o‘tkazib yubordi, xolos.

Polisiyachi bilan mushtlashdi

«Hayotimdagi qora sahifa yopildi, men sinib qolmadim», - degandi himoyachi «Periskop»dagi video voqeasi biroz esdan chiqqach. Ammo ko‘p o‘tmay boshqa mojarolar sababchisiga aylandi - o‘sha yilning may oyida tungi klubdan chiqayotib polisiyachining talablariga qarshi chiqdi. Dast­lab haqoratli so‘zlar bilan boshlangan tortishuv oxir-oqibat do‘pposlashish bilan yakunlandi. Natijada, tartib posbonlari futbolchini huquq-tartibot idorasiga olib ketishdi. Sud dastlab ikki oylik qamoq jazosi tayinlagandi, ammo klub aralashuvidan so‘ng jazo shartliga o‘zgartirildi.

Lekin baribir, Oryega nisbatan jinoiy ish ochildi va bu ko‘plab cheklovlarga sabab bo‘ldi. Xususan, viza hamda ishga joylashishga ruxsat talab etiladigan tumanli o‘lkaga borishi taqiqlandi.

Angliyaga borolmasligiga sabablar yetarli

Kelgusi mavsum boshida «PSJ» yana Londonga bordi. Bu safar parijliklar «Arsenal»ga qarshi bellashuvni Serjsiz o‘tkazishdi. Chunki bu vaqtga kelib Angliya elchixonasi o‘ng qanot himoyachisiga viza bermaslik bo‘yicha qaror chiqargandi. Oryening mamlakat tashqarisiga chiqishi taqiqlanmagani bois, uning advokati sudga murojaat etib, bor alamini mikrofon orqali to‘kib soldi, biroq urinishlar foyda keltirmadi. Ma’lum bo‘lishicha, futbolchi Fransiya fuqaroligiga ega emasligi vajidan vizani rasmiylashtira olmasdi. 2011 yili farang zaminining bir qismiga aylanish imkoniyati bo‘lganda tug‘ilganlik guvohnomasining yo‘qligi pand bergandi. «Hujjatni yo‘qotib qo‘yganman», - degandi Serj o‘shanda.

«Antiqa» nishonlash

Bir necha oydan so‘ng Kot-D~Ivuar va Mali termalari o‘rtasidagi bahsda yana «qovun tushirdi». Raqib darvozasini ishg‘ol qilgach, ishqibozlar tomon yaqinlashib, noo‘rin qiliq qildi. Ushbu voqea yuzasidan FIFAga turli mazmundagi murojaatlar yog‘ildi. Tartib-intizom qo‘mitasi futbolchining harakatlari bo‘yicha ish ochdi, ammo ayblanuvchiga qarshi yetarli dalillar aniqlanmagach, uni yopdi.

«Noyob» qiyofa

Ishqibozlar orasida Serjga nisbatan qarashlar turlicha. Ularning ko‘z o‘ngida Mario Balotellining nusxasi - nazorat qilib bo‘lmaydigan, jamoadagi muhitni buzadigan, kayfiyatga qarab o‘ynaydigan futbolchi qiyofasi turgandek, go‘yo. Aslida bunday emas. Ibragimovichni inobatga olinmasa, u hech qachon klubdoshlari bilan ixtilofga bormagan. Mojarolar payti «PSJ» a’zolari Oryening tarafini olishadi - «Periskop» voqeasi tufayli himoyachini o‘rinbosarlar tarkibiga o‘tkazishganda, Adriyen Rabyo va Serj o‘rtasidagi aloqa davom etgan. Sodiq jamoadoshi do‘stining tezroq asosiy tarkibga qaytishidan umidvor ekanligini bildirgan.

Kayfiyatga qarab o‘ynash masalasi ham bahsli. Orye parijliklar safidagi dastlabki mavsumida jarohatlar bilan kurashib, qisqa muddatda barqarorlikka erishdi. Unai Emeri muhim bahslarda Tomas Menye­ga emas, aynan Serjga ishonch bildirdi. Qolaversa, qahramonimiz Loran Blan oldidagi aybini maydonda yuvdi - so‘nggi uch mavsumda Orye to‘pni raqibdan olib qo‘yish bo‘yicha Marko Verratti hamda Blez Matyuididan so‘ng «PSJ»ning eng yaxshi ko‘rsatkichga ega uchinchi futbolchisiga aylandi. 2012|2013 yillar mavsumidan boshlab esa Liga 1 himoyachilari orasida assistentlik bo‘yicha tengsiz bo‘ldi. Nizo borasida ham faqat birgina holat inobatga olinmasa, Serj intizomga to‘liq amal qildi. Mashg‘ulotlar bazasi tash­qarisida, albatta.

Muammo shundaki, Fransiya chempionatini kuzatadiganlar orasida boshqa mamlakat vakillari u qadar ko‘p emas va faranglar yurtiga aloqador bo‘lmagan saytlarda asosan futbolga daxli yo‘q yangiliklar tar­qaladi. Shu bois matbuotda Oryeni mojarolarga o‘ch o‘yinchi sifatida tasvirlashganga o‘xshaydi.

«Tottenxem» muxlislari yengil tin olishlari mumkin. Ularning suyuklilari safiga qo‘shilayotgan futbolchi tentak emas, muhitni buzmaydi. Aksincha, yuksak mahoratga ega Serj o‘ng qanot himoyasini kuchaytirishi tayin. Turli ko‘ngilsiz voqealarning oldini olish uchun esa Oryening tungi klublarga uyushtiradigan sayrlarini cheklashning hamisha imkoni bor.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:08, 16.09.2017.
O'qildi: 2762 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.