Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Radamel Falkao: «Tobora tetiklashib boryapman»

Radamel Falkao: «Tobora tetiklashib boryapman»

Baho:
+ | -

Kolumbiya termasi garchi Venesuela safaridan 1 ochko bilan qaytgan bo‘lsada (0:0), Rossiya-2018 mundialiga tobora yaqinlashmoqda.

Harqalay, Radamel Falkao yetakchiligidagi jamoa KONBEMOL (Janubiy Amerika) a’zolarini o‘z ichiga olgan yaxlit saralash guruhi turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi. Finish marrasigacha esa 3tagina tur qoldi.

Kolumbiyaliklar bugun 16-tur doirasida JCH yo‘llanmasi masalasini allaqachon hal qilgan Braziliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi.

Agar ular o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida g‘alaba qozonish uddasidan chiqsalar, navbatdagi mundial sari katta qadam tashlaydilar. Muhimi, jamoa to‘purari Falkao ayni payt ajoyib sport formasida.

«El Tigre» vaqt o‘tishi bilan yanada kuchli «na’ra» tortayotgandek. Safetero hujumchisi Venesuela termasiga qarshi o‘yin arafasida FIFA.com saytiga intervyu berib, bo‘lajak jahon birinchiligida ishtirok etish va bor mahoratini ko‘rsatish ishqida yonayotganini yashirmagandi.

- Avvalgi mavsum «Monako» va siz uchun birdek ajoyib kechdi. Mana, yangisini ham nihoyatda zo‘r boshladingiz - 5ta o‘yinda 7ta gol. Xo‘sh, yangi mavsumdan nimalar kutyapsiz, jahon kubogiga borish imkoniyatingizni qanday baholaysiz?

- Ha, o‘tgan mavsum «Monako» misli ko‘rilmagan natijalarga erishdi. Boshqacha aytganda, o‘z oldimizga qo‘yilgan vazifalarni sharaf bilan uddaladik. Tabiiyki, yuqori natijalar katta turtki berdi va endigi maqsadimiz - chempionlik unvonini himoya qilish. To‘g‘ri, klubimiz bir qator yorqin ijrochilardan ayrildi, ammo o‘ylaymanki, safimizda ketganlar o‘rnini bemalol bosadigan yigitlar bor. Shaxsan o‘zimga kelsak, tobora tetiklashib boryapman. Umid qilamanki, butun chempionat davomida hozirgidek mahsuldorlik namoyish etaman. Har holda, ichki sezgim ishora beryapti - joriy mavsum faoliyatimda yorqin iz qoldiradi. Jumladan, milliy jamoamga ham har qachongidan ko‘proq naf keltira olishimga ishonyapman.

- Bunday qoyilmaqom sport formasi zamirida qanday sir yashirin? Ayni payt faoliyatingiz davomidagi eng yaxshi o‘yinlarni ko‘rsatayotganingiz haqidagi fikrlarga qo‘shilasizmi?

- Aytarli sir yo‘q. Shunchaki, har kuni astoydil ishlayapman. Chunonchi, o‘yin bobida yanada mukammallashish va o‘sish imkoniyatiga egaligimni yaxshi bilaman. Hozirgi natijalar - to‘plangan tajriba mahsuli. Deylik, endilikda muhim pallalarda tezkor va to‘g‘ri qaror chiqarayotganim mahsuldorlik oshishiga zamin yaratyapti. Aslida futbolchiga faqat gollar soniga qarab baho berish noto‘g‘ri. Muhimi, jamoa manfaati yo‘lidagi harakatlarim ham chakki emas. Misol uchun, hujum tashkil etishda tashabbusni qo‘lga olish, zarur payt to‘p oshirish masalasida ham ijobiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlanyapti. Qaytaraman, hozir o‘zimni juda yaxshi his qilyapman va ishonch hissi ham katta. Muammo yo‘q ekan, nega endi to‘xtashim kerak? Xullas, bo‘shashishga asos yo‘q.

- 2014 yili orttirilgan va Braziliya mundialida ishtirok etishingizga yo‘l qo‘ymagan jarohatdan so‘ng sport formasini to‘liq tiklashingiz oson kechmadi. O‘sha og‘ir damlarda nimalarni his qilganingizni ayta olasizmi?

- Yashirmayman, shunday vaqtlar bo‘ldiki, futbol sahifasini shundoq yopib qo‘yib, boshqa biror yumush bilan shug‘ullanish haqida o‘ylash osonroq tuyuldi. Shuning barobarida ishonchni bir lahzaga ham yo‘qotganim yo‘q. Chunki hammasi joyida ekanligi, yana futbol o‘ynay olishimni isbotlash xohishi qo‘shimcha kuch berib turdi. Qolaversa, oilam yonimda turib, misli ko‘rilmagan darajada qo‘llab-quvvatladi. Xususan, turmush o‘rtog‘im va qizlarimning umumiy munosabatlari chekinmasligimni taqozo etdi. Agar futbolga qaytolmaganimda, ularning yuzlariga qaray olmasdim. Shu fikr ham kurashni davom ettirishimda muhim rol o‘ynadi.

- Demak, Braziliyada qo‘ldan chiqqan imkoniyat Rossiyada qaytishiga ishonasiz, shundaymi? 

- Shundan umidvorman va bu mehnatlarim mukofoti bo‘lardi. Ortda qolgan 4 yil davomida tinmay  ishladim. Muhimi, jamoamiz mundialga juda yaqin turibdi. Milliy termamizning hozirgi holatini nazarda tutsak, JCH-2018 yo‘llanmasini qo‘ldan chiqarish biz uchun kechirilmas ayb sanaladi. Umuman, kelasi yili jahon chempionatida Kolumbiya termasi uchun o‘ynash orzum ro‘yobga chiqishiga shubha qilmayapman.

- Jamoangizni oldinda Venesuela va Braziliya termalariga qarshi kechadigan o‘yinlar kutib turibdi. Sizningcha, shu 2ta turdan keyin ham turnir jadvalida 2-o‘rinni saqlab qolish uddasidan chiqasizlarmi?

- Venesuela termasi aynan bizga keskin qarshilik ko‘rsatishga odatlangan. Bo‘lajak uchrashuvga xuddi raqibdek jiddiy yondashsak, hammasi yaxshi bo‘ladi. O‘yin venesuelaliklar uchun o‘ziga xos derbi sanaladi va qiynalishimiz turgan gap. Ha, raqib kurashdan chetga chiqib ulgurgan, ammo o‘z muxlislari yuziga tabassum yugurishini ta’minlash uchun borini beradi. Braziliyaliklar esa asosiy masalani hal qilib qo‘ygan bo‘lsalarda, g‘urur uchun o‘ynashadi.

- Argentina termasi esa «pley-off»ga chiqish imkonini beruvchi pog‘onada turibdi. Shaxsan siz bo‘lajak JCHni Lionel Messi va uning jamoadoshlarisiz tasavvur qila olasizmi?

- Argentinada ajoyib terma jamoa borligi ayni haqiqat, ammo Janubiy Amerika saralash guruhi o‘ta murakkab. Bu yerda bittagina mag‘lubiyat barchasini chippakka chiqarishi hech gap emas. Qarang, hozir ham ko‘plab ishtirokchilarda JCH yo‘llanmasi uchun kurashish imkoniyati saqlanib turibdi. Bu holat har bir uchrashuvga hayot-mamot masalasidek qarashni taqozo etadi. O‘ylaymanki, argentinaliklar yakunda uyatda qolmaslik uchun oxirgi o‘yinlarda 200 foiz kuch bilan harakatlanishadi. Ular uchun ham bo‘lajak 2ta o‘yin o‘ta muhim. Ha, jahon birinchiligida Lionel Messi va Argentina termasini ko‘rmaslik g‘alati. Ammo futbolda har qanday g‘alatilik kuzatilishi mumkin.

- Saralash bosqichida Kolumbiya termasi uchun oxirgi marta gol urganingizdan buyon 8ta o‘yin ortda qoldi. Milliy jamoa libosidagi «quruq»likdan xavotirga tushmayapsizmi?

- Xayriyatki, buni yuzimga solishmayapti. Tabiiyki, har qanday hujumchi gol urishni xohlaydi va shundagina o‘zini xotirjamroq sezadi. Ikkinchi tomondan qarasak, jahon chempionati yo‘llamasini yutish uchun ochkolar sonini ko‘paytirish lozim, bunda raqib darvozasini kim ishg‘ol etishi ahamiyatsiz.

- Kolumbiya termasi yakunda o‘z maqsadiga erishsa, Rossiya mundialiga 4 yil oldingi jahon chempionatiga nisbatan olganda, mutlaqo o‘zgargan tarkib bilan yo‘l oladi. Xose Pekerman ishi qanday taassurot uyg‘otmoqda?

- Bundan oldingi saralash bosqichiga qarasak, Pekerman ixtiyorida JCHda o‘ynashga chanqoq tajribali yigitlar jamlanishgandi. U kuchli jamoa shakllantirdi va Braziliya mundiali yo‘lini ochdi. Muhimi, murabbiy o‘shandayoq yoshlarga e’tibor qaratib, ularni kelajak uchun tayyorlab keldi. Xullas, Pekerman estafeda tayoqchasi avloddan avlodga og‘riqsiz o‘tishini ta’minlayaptiki, bu ishi tahsinga sazovor. Umid qilamanki, uning mehnatlari samarasi Rossiya mundiali yo‘llanmasi misolida yana bir marta yaqqol ko‘rinadi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:19, 16.09.2017.
O'qildi: 2659 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.