«Everton» hujumchisi Ueyn Runi o‘z qilmishi uchun hammadan uzr so‘radi.
Futbolchi sud tomonidan avtomobilni mast holda boshqarganlikda aybdor deb topilib, 100 soat majburiy mehnatga hukm qilingan va haydovchilik guvohnomasidan 2 yilga ajralgan edi.
«Bu qilmishim uchun barchadan uzr so‘rayman. Bu noto‘g‘ri edi. Oilam, "Everton" murabbiylar shtabi va barcha xodimlaridan kechirim so‘rayman. Muxlislardan ham uzr so‘ramoqchiman. Men sudning qarori adolatli ekanini tan olaman», - dedi Runi BBC xabarida.