Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/03 02:00 Ekvador - Venesuela
22/03 04:30 Urugvay - Argentina

Dembele va Mbappe — Golden Boy sovriniga asosiy da’vogar

Dembele va Mbappe — Golden Boy sovriniga asosiy da’vogar

Baho:
+ | -

Italiyaning Tuttosport nashri tomonidan ta’sis etilgan Golden Boy sovriniga nomzod futbolchilar nomi ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, Yevropada to‘p surayotgan 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchiga topshiriladigan sovringa da’vogarlar qatorida “Barselona”ning 20 yoshli futbolchisi Usmon Dembele, “Milan” darvozaboni Janluiji Donnarumma (18) va PSJ yarim himoyachisi Kilian Mbappe (18) kabi yosh o‘yinchilar nomi keltirib o‘tilgan.

Quyida nomzodlar nomi bilan to‘liq tanishish mumkin:

Aaron Martin («Espanyol»), Jan-Kevin Ogyusten («RB Leypsig»), Rodrigo Bentankur («Yuventus»), Stiven Bergveyn (PSV), Kalvert-Lyuin («Everton»), Federiko Kyeza («Fiorentina»).

Usmon Dembele («Barselona»), Amadu Diavara («Napoli»), Kasper Dolberg («Ayaks»), Djanluidji Donnarumma («Milan»), Gabriel Jezus («Manchester Siti»), Jo Gomes («Liverpul»), Benyamin Xenriks («Bayer»), Borxa Mayoral («Real»), Kilian Mbappe («PSJ»).

Emre Mor («Selta»), Ris Oksford («Borussiya» M), Kristian Pulishich («Borussiya» D), Markus Rashford («Manchester Yunayted»), Allan Sen-Maksimen («Nissa»), Dominik Solanke («Liverpul»), Teo Ernandes («Real»), Yuri Tilemans («Monako»), Enes Unal («Vilyarreal»), Kayl Uoker-Piters («Tottenxem»).

Eslatib o‘tamiz, 2016 yil mazkur sovrinni “Bavariya” yarim himoyachisi Renatu Sanshesh (hozirda “Suonsi”da) qo‘lga kiritgandi.

Manba: www.tuttosport.com
Kiritildi: 17:22, 19.09.2017.
O'qildi: 4371 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz