“Monako” forvardi Radamel Falkao Ispaniya soliq idorasi oldida o‘zining aybsizligini isbotlab berolmadi.
Mundo Deportivo yozishicha, kolumbiyalik hujumchining haqiqatdan ham soliq to‘lamaganligi isbotlandi. Natijada u Ispaniya g‘aznasiga 8,2 million yevro to‘lashga majbur bo‘ldi.
Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, Falkaoning soliqdan “atigi” 6,9 million yevro qarzi borligi ma’lum bo‘lgach, futbolchiga 1,3 millioni qaytarildi.