“Barselona” klubi Ispaniya chempionatining 5-turida “Eybar”ni yirik 6:1 hisobida dog‘da qoldirdi.
Hisobni birinchi bo‘lib, klub yetakchisi Lionel Messi ochdi, ikkinchi golni esa “Barselona”ning yangi a’zosi Paulinyo kiritdi.
Gap shundaki, braziliyalik yarim himoyachi bugun “Barsa”ning asosiy tarkibida maydonga tushish bilan birga yangi jamoasi uchun ikkinchi golini urishni uddasidan chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, Paulinyo o‘tgan turda “Xetafe”ga qarshi (2:1) uchrashuvda ham hisobiga gol yozib qo‘ygandi.