Tajribali posbon Tom Shtarke yana futbolga qaytdi.
36 yoshli darvozabon o‘tgan mavsum yakunlanganidan keyin qo‘lqoplarini mixga ilgandi. Biroq yozda u o‘z sport formasini ushlab turdi.
Manuel Noyerning ayni damdagi holatiga ko‘ra, u yana jamoaga yordam berish uchun futbolga qaytdi.
Shtarke Bundesligning 6-turi doirasida «Volfsburg»ga qarshi o‘yin uchun tayyorgarlikni boshlagan.