«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Meksikadagi halokatli zilzilada jafo chekkan oilalarni qo‘llab-quvvatladi.
Avvalroq, bu mamlakatda yuz bergan tabiiy ofat natijasida 6 yoshli Santyago halok bo‘lgan edi. Uning xolasi esa ijtimoiy tarmoqlarda Ronalduga murojaat qilib, yordam so‘ragandi.
«Bu qayg‘uli lahzalarda men Santyago oilasiga va o‘z yaqinlarini yo‘qotgan boshqa oilalarga chuqur hamdardlik bildiraman», — deb yozdi Ronaldu «tvitter» sahifasida.