Qatar chempionatining 3-turi doirasida "Al-Xaraytiyat" o‘z maydonida "Al-Xor"ni qabul qildi.
Uchrashuvning 38-daqiqasida mezbonlar hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. O‘yinni boshlang‘ich tarkibda boshlagan Sanjar Tursunov 84-daqiqada ogohlantirish oldi va shu zahoti zaxiraga olindi. Bahsning so‘nggi daqiqasida "Al-Xor" hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa, "Xaraytiyat" muhim 2 ochkodan mahrum bo‘ldi. Jamoa avvalgi 2ta turda mag‘lubiyatga uchragandi.