Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor 0-1 Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona
28/07 20:00 Nasaf - Qizilqum
28/07 20:00 Xorazm - Surxon
28/07 20:00 Neftchi - Navbahor

«Real» Rodrining kelishi ortidan asosiy yarim himoyachisini sotishi mumkin

«Real» Rodrining kelishi ortidan asosiy yarim himoyachisini sotishi mumkin

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi joriy transfer oynasida ispaniyalik Rodri Ernandesni sotib olishga erishsa, tayanch yarim himoyachisi Orelyen Tchuameni bilan xayrlashishi mumkin. Bu haqda BBC jurnalistlari xabar bermoqda.

Fransiyalik futbolchining xizmatlariga «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda. Biroq Tchuamenining yuqori maoshi, shuningdek, uning ehtimoliy transfer summasi ushbu o‘tishga to‘siq bo‘lishi mumkin.

Orelyen Ispaniya chempionatining o‘tgan mavsumida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 8 ta sariq kartochka oldi.

26 yoshli tayanch yarim himoyachi 2022 yilning yozidan beri «qirollik klubi» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan bo‘lib, transfer qiymati 70 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 10:36, 26.07.2026.
O'qildi: 2810 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик