Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/11 18:00 Paxtakor 0-2 OKMK
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe - Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol

Asror Aliqulov: «Hayotda yumshoq bo‘lsamda, maydonda qattiqqo‘lman»

Asror Aliqulov: «Hayotda yumshoq bo‘lsamda, maydonda qattiqqo‘lman»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

Tajribali himoyachi Asror Aliqulov o‘tgan yili professional futbolchilik faoliyatiga yakun yasagandi. Uning so‘nggi jamoasi «Sho‘rtan» bo‘lib qoldi.

Aliqulov aynan g‘uzorliklar safida o‘ynovchi-murabbiy sifatida butsalarini mixga ildi. Hozirda u mazkur klub murabbiylar shtabida faoliyat olib boryapti.

Undan avval esa «Sho‘rtan» yoshlariga ustozlik qilib, jamoani turnir jadvalining yuqori pog‘onalariga olib chiqqandi. Lekin kutilmaganda uni asosiy tarkib murabbiylar shtabiga o‘tkazishdi.

Shunisi aniqki, ko‘z o‘ngimizda yana bir iste’dodli murabbiy paydo bo‘lyapti. O‘ziga xos uslubga ega bu mutaxassisni oliy liga 21-turi doirasidagi «Paxtakor» - «Sho‘rtan» uchrashuvida uchratib qoldik va tabiiyki, undan nashrimiz uchun intervyu oldik.

- Asror aka, murabbiylik faoliyatingiz boshlanganiga hali ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Ayting-chi, ilk qadamlardan ko‘nglingiz to‘lyaptimi?

- O‘tgan yili futbolchi sifatidagi so‘nggi mavsumimni o‘tkazdim. Bu yildan esa murabbiylikdagi faoliyatim boshlandi.

Dastlab «Sho‘rtan» klubi rahbarlaridan yoshlar jamoasini berishlarini so‘ragandim, bunga qarshi bo‘lishmadi. Shu tariqa fevral oyida ish boshladim.

To‘g‘risi, unchalik qiynalmadim. Boisi, faoliyatimning so‘nggi ikki yilida asosan o‘ynovchi-murabbiy sifatida faoliyat yuritgandim. Qaysidir ma’noda murabbiylikdagi faoliyatim ertaroq boshlangandi, deyish mumkin.

Shunga qaramay, murabbiylikning mas’uliyati, uning yuki ish jarayonida baribir sezilaverdi. O‘ziga yarasha muammolar ham bor edi.

Birinchi navbatda, o‘tgan yillar davomida asosiy tarkibga iste’dodli yoshlarni yetkazib berish masalasida sustkashlikka yo‘l qo‘yilgandi. Asosiy jamoaga deyarli nomzodlar tayyorlab berilmayotgandi.

Vaholanki, o‘rinbosarlar tarkibi tuzilganiga bir necha yillar bo‘lgandi. O‘z oldimga aynan mana shu holatni o‘zgartirish, yoshlar ligasidagi jamoada ishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishni maqsad qilib qo‘ygandim. Ozmi-ko‘pmi bu niyatlarimga erishdim.

- Futbolchilik faoliyatingiz mobaynida anchagina taniqli murabbiylar qo‘l ostida o‘ynadingiz. O‘sha paytlardayoq murabbiylik sir-asrorlarini yon daftarchangizga yozib yurarmidingiz? Umuman, olgan bilim va ko‘nikmalaringiz hozir as­qotyaptimi?

- Albatta, yozib yurardim. Lekin baribir, nazariy bilimlar bilan amaliyot o‘rtasida katta farq bor. Bu narsalarni murabbiylik faoliyatimning ilk kunlaridayoq sezdim.

Kechalari uyqu bo‘lmadi. Har kuni imtihondan qanday o‘tarkanman, degan savollar qiynardi. Sekin-asta o‘rganib, ko‘nikib ketdim.

Har bir sohada bo‘lgani kabi futbol ham bir joyda to‘xtab qolayotgani yo‘q. Kundan-kunga o‘zgarishlar ro‘y beryapti. O‘sha payt yon daftarchamga qoralab qo‘yganlarim hozirgi zamonaviy futbol talablariga unchalik ham to‘g‘ri kelmayapti.

Mana, hozir ham o‘yinni kuzatib o‘tiribman. «Paxtakor» namoyish etayotgan futboldan o‘ziga yarasha nimalarnidir o‘rgan-yapman.

- Futbolchilikdagi oltin davrlaringiz aynan «Paxtakor»da o‘tgan. Hozirgi jamoaning o‘yin uslubida o‘zgarishlar ko‘zga tashlanyaptimi?

- Bo‘lmasam-chi. Klubga gruziyalik mutaxassis kelganidan keyin «Paxtakor»ning o‘yinida yevropacha uslub ko‘zga tashlanyapti. O‘zbek klublarida himoyachilarning hujumga qo‘shilishini deyarli ko‘rmaymiz.

Hozirgi «Paxtakor»da men shu narsaga guvoh bo‘ldim. Hujumda ko‘pchilik qatnashyapti. Bu esa raqib himoyachilarini sarosimaga solib qo‘yadi. Natijada raqib jamoa mudofaasida parokandalik yuzaga keladi.

- Himoyachilarning hujumga faol qo‘shilmasligi futbolimizdagi eng katta kamchilik emasmikan?

- Shunday desa ham bo‘ladi. Yoshlarni tarbiya qilishimiz kerak. Ularga zamonaviy futbol talablarini o‘rgatishimiz lozim.

- Yevropa klublarida ishlayotgan qaysi murabbiylarning ish uslubini kuzatib, kerak bo‘lsa o‘rganib borasiz?

- Ko‘proq «Manchester Yunayted» hamda «Chelsi» jamoalari ishtirokidagi o‘yinlarni ko‘raman. Konte va Mourinyoning ish uslublarini hurmat qilaman.

Shuningdek, himoyadan hujumga o‘tishni xush ko‘ruvchi hamda shu taktika asosida o‘ynaydigan «Liverpul» va «Tottenxem» klublari o‘yinini ham o‘tkazib yubormaslikka intilaman.

- Murabbiy futbolchilik davrida qaysi ampluada o‘ynagan bo‘lsa, keyingi faoliyatida shunga moyillik sezilar ekan.

Ya’ni, o‘zi bosh­qarayotgan jamoalarda himoyachi bo‘lsa, himoyaviy, hujumchi bo‘lsa, hujumkor uslubni ilgari suradi. Sizda bu holat qanday kechmoqda? Himoyaviy uslubga tortib ketmayaptimi?

- Murabbiy sifatida ish boshlagan ilk davrimda himoyaviy futbol tarafdori bo‘lganman. Chunki mudofaani mustahkamlamay turib, hujumga o‘tish - bu muqarrar mag‘lubiyatga teng.

«Sho‘rtan» o‘rinbosarlari bilan ishlashda qiynalganman. Ammo keyin menga ham, himoyachilarning o‘ziga ham yaxshi bo‘lgan. «Paxtakor», «Bunyodkor», «Nasaf» kabi kuchli jamoalarga qarshi bahslarda yoshlarimiz ancha yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi.

Birinchi navbatda, tartib va intizom bo‘lishi kerak. Bu ikki narsani jamoangizda mujassam etmay turib, ijobiy natijaga erishish mushkul.

- O‘zingizni qattiqqo‘l murabbiy hisoblaysizmi?

- Hayotda yumshoq tabiatli inson bo‘lib ko‘rinsamda, maydon va uning atrofida anchayin qattiqqo‘lman. Yoshlar bilan boshqachasiga ishlab bo‘lmaydi. Kerak joyda muloyimroq gapiraman. Yuqorida aytganimdek, maydonda intizom va tartib bo‘lishi shart.

- O‘zbek futbolida ko‘proq to‘p bilan ishlash, texnikaga e’tibor qaratiladi. Siz mashg‘ulotlarda asosiy urg‘uni nimaga beryapsiz?

- Asosan jismoniy tayyorgarlikka e’tibor qaratyapman. Chunki jismoniy kuch maromida bo‘lmasa, futbolchilar ikkinchi bo‘lim o‘rtalariga yetib bormay charchab qolishadi. Zamonaviy futbolning katta qismi yakkakurashlardan iborat.

- Yoshlar jamoasida jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha yordamchingiz bormidi?

- Yo‘q, mashg‘ulotlarni o‘zim olib borardim.

- «Sho‘rtan» yoshlar jamoasidan ketish oson bo‘lmagandir?

- Albatta. O‘zimga qolsa, ketmasdim. Boisi, bu yigitlarning potensialini yaxshi bilardim. Vaziyat shuni taqozo qildi va ketishga majbur bo‘ldim. Hozir «Sho‘rtan»ning asosiy jamoasi murabbiylar shtabida ishlayapman.

- Bu jamoada asosiy vazifangiz nimada iborat?

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 14:47, 30.09.2017.
O'qildi: 2773 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.