Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul

Turk futbolini yana cho‘qqiga olib chiqish harakati

Turk futbolini yana cho‘qqiga olib chiqish harakati

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA

Har bir mamlakat futbolida eng ko‘p muhokama qilinadigan mavzu - bu legionerlar masalasi. Aksariyat milliy federasiyalar tomonidan avvaliga chempionat saviyasini oshirish maqsadida xorijlik futbolchilarga keng yo‘l ochib qo‘yilgan bo‘lsa, endilikda joylarda legionerlar bo‘yicha turli cheklovlar joriy etilmoqda. Bunga yorqin misol - Xitoy. Lekin quyida ushbu yurt futboli emas, balki bundan bir necha yil muqaddam xuddi Chin mamlakati kabi legionerlarni yoppasiga jalb qilavergan Turkiya super-ligasi haqida gaplashamiz. Negaki, bu masalaga hattoki, shaxsan davlat rahbari Rejep Tayyip Erdog‘an ham jiddiy e’tibor qaratdi.

TFFga prezidentdan xarita

Turk futbolining eng og‘riqli masalasi aynan legionerlar bilan bog‘liq, aniqrog‘i, shunga qaratilgan qoidaga. Mamlakat prezidenti Rejep Tay-yip Erdog‘an bejiz kuyinib gapirmadi. «Federasiya hamda klublar rahbariyati bilan suhbatlashib, bir qarorga kelishimiz lozim. Futbolimizda legionerlar keragidan ham ko‘pligi ayrim muammolar keltirib chiqarayotganidan ko‘z yumib bo‘lmaydi.

Bu holat ayniqsa, milliy jamoamiz zarariga ishlayotgani barchasini qayta ko‘rib chiqishimizni taqozo etmoqda. Klublarimiz xorijliklarni o‘ynatmasinmi? Yo‘q, bemalol legionerlar olaversin, lekin har narsada me’yorga amal qilish yaxshi. Hozir qarasak, aksariyat jamoalarda mahalliy futbolchilar sanoqli. Bu futbolimiz to‘g‘ri yo‘lda emasligini anglatadi».

Mamlakat gazetalarida yozilishicha, Erdog‘anning fikri dasturilamal vazifasini bajarib beradi. Bu go‘yoki, turk futbolini buyuk kelajak sari eltuvchi xarita. Mamlakat rahbarining millionlar o‘yinidagi eng katta muammoga til tekkizgani Turkiya futbol federasiya prezidenti Yildirim Demiriren va uning jamoasini jiddiy harakatlarni boshlashga undashi, shubhasiz.

Hozirdanoq buning epkinlari sezilmoqda. Xususan, Yildirim Demiriren yaqin kunlar ichida Klublar uyushmasi vakillari bilan uchrashishni maqsad qilgan. Tabiiyki, kengashda aynan super-ligadagi legionerlar sonini bosqichma-bosqich qisqartirib borish hamda jamoalar asosiy tarkibiga mahalliy yoshlarni ko‘proq jalb etish masalalari kun tartibiga qo‘yiladi.

Sabah gazetasi xabariga ko‘ra, federasiya prezidenti milliy jamoada Fotih Terim o‘rnini egallagan Mircha Lucheskudan ushbu masala xususida zudlik bilan o‘z taklifini bildirishini so‘radi. Tabiiyki, Turkiya termasi boshqaruvini qo‘lga olgan rumin mutaxassisi ham chempionatda mahalliy futbolchilar bosh rolga chiqishlarini xohlasa kerak.

Qoidaga ko‘ra...

Tabiiy savol tug‘ilishi mumkin: Turkiyada legionerlar mavzusi nega bu qadar keng muhokama qilinmoqda? Javob topish uchun mamlakat futbolidagi qoidalarga ko‘z yugurtirib chiqish zarur. Demak, super-liga reglamentiga binoan, ishtirokchi klub «zavka»ga 28 nafar futbolchi kiritishi mumkin. Endi e’tibor qarating: ro‘yxatga 14 nafar legioner qo‘shish imkoni bor.

Muayyan o‘yin uchun tanlanadigan 21 kishilik tarkibdan esa atigi 9 nafar mahalliy futbolchi joy olsa, bas. Boz ustiga, maydonga tushadigan tarkib masalasida hech qanday taqiq yoki shart yo‘q.

Bunday holatda aksariyat klublar murabbiylari qaydnomaga 9 nafar turk futbolchisini shunchaki, kiritib, maydonga tushadigan tarkibni bemalol faqat legionerlardan tuzishyapti.

Kimdir bosh murabbiyga «Qani mahalliy o‘yinchilar?» qabilida murojaat qilsa, u xotirjam holda zaxirani ko‘rsatadi. Bunday olib qarasak, qoida buzilmayapti. Mantiqan fikrlaganda esa, mahalliy futbolchilar asosan zaxira o‘rindig‘ini «isitish» bilan vaqt o‘tkazishmoqda. 

Tushunarsiz qoidalar

Yana bir savol: xorijliklarga nega bunday keng imkoniyat yaratib berilgan va bunda kim aybdor? Aniqki, federasiya. Maqolaga ilova qilingan jadval (tepada)ga qarang. Unda legionerlarning turk super-ligasida bemalol to‘p surishlari uchun sharoitlar yildan-yilga qulaylashib borgani ko‘rsatilgan.

Endi nima bo‘ladi?

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 14:17, 01.10.2017.
O'qildi: 3641 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.