Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Jasur Yaxshiboyev Superligaga qaytmoqda - manba

Jasur Yaxshiboyev Superligaga qaytmoqda - manba

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq hujumchisi Jasur Yaxshiboyev yana Superligamizga qaytish arafasida turibdi. Uzbekistan Legionaries xabariga ko‘ra, 28 yoshli futbolchi Toshkentning «Lokomotiv» jamoasi bilan muzokaralar olib bormoqda.

Yaxshiboyev 2025 yilning 1 yanvarida Eronning «Nassajiy» klubi bilan shartnoma imzolagan edi. Biroq qo‘shni mamlakatdagi faoliyati kutilganidek chiqmadi. Klub rahbariyati bilan yuzaga kelgan kelishmovchiliklar sababli, futbolchi 2025 yilning 1 iyul kuni erkin agentga aylangan va shundan buyon jamoasiz yurgan edi.

Endilikda Jasur «temiryo‘lchilar» safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shilishi va yil yakuniga qadar mo‘ljallangan bitimga qo‘l qo‘yishi kutilmoqda. Ushbu transfer «Lokomotiv»ning hujum chizig‘ini kuchaytirishi shubhasiz. O‘z vaqtida «Sherif» safida «Real Madrid» darvozasini ishg‘ol qilgan futbolchi uchun bu o‘z darajasiga qaytish uchun yaxshi imkoniyat bo‘lishi mumkin.

Yaxshiboyev "Paxtakor" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U faoliyati davomida OKMK, SKA-1938 Minsk (Belarus), "Shaxtyor Soligorsk" (Belarus), "Legiya" (Polsha), "Sheriff" (Moldova), "Navbahor" va "Ordabasi" (Qozog‘iston) kabi klublarda ham o‘ynagan. U jami 173 ta o‘yinda 41 ta gol urib, 22 ta assist amalga oshirgan.

Manba: https://t.me/uzbekistan_legionaries
Kiritildi: 17:01, 19.02.2026.
O'qildi: 2847 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.