Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK

O‘zbekiston terma jamoasi Iroqdagi to‘rt terma jamoa ishtirokidagi turnirda qatnashishi mumkin

O‘zbekiston terma jamoasi Iroqdagi to‘rt terma jamoa ishtirokidagi turnirda qatnashishi mumkin

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yil oxirida Iroqda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan to‘rt terma jamoa ishtirokidagi turnirda qatnashishi mumkin.

Arablarning WinWin nashri ma’lumotiga ko‘ra, Iroq futbol federasiyasi Basra shahrida 9–17 noyabr kunlari xalqaro turnir o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Musobaqa terma jamoalarning bo‘lajak xalqaro uchrashuvlarga tayyorgarligi doirasida tashkil etiladi.

Turnirda ishtirok etish uchun Eron birinchi bo‘lib taklifni qabul qilgan. Eron terma jamoasi shtabi ushbu musobaqani yuqori darajadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazish va raqobatbardosh nazorat uchrashuvlarida ishtirok etish uchun yaxshi imkoniyat sifatida baholamoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya terma jamoasi ham mazkur to‘rtlikdan joy olishi kutilmoqda.

Shuningdek, Iroq futbol federasiyasi O‘zbekiston futbol federasiyasi bilan muzokaralarni boshlagan. Manbaga ko‘ra, O‘zbekiston tomoni musobaqada ishtirok etishga prinsipial rozilik bildirgan.

Biroq hozircha turnir ishtirokchilarining barchasi bo‘yicha rasmiy tasdiq e’lon qilinmagan.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:25, 11.08.2026.
O'qildi: 1330 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик