«Neftchi» yozgi transfer oynasida tarkibni ancha kuchaytirdi. Klub rahbariyati Superliga va milliy terma jamoamiz safida tajriba orttirgan tayanch yarim himoyachi Abdulla Abdullayev bilan shartnoma imzoladi.
Abdulla Abdullayev faoliyati davomida o‘zining yuqori mahorati, maydonni yaxshi ko‘ra olishi, to‘p bilan ishlashdagi ishonchliligi va jangovor xarakteri bilan ajralib kelgan. Uning tajribasi va yarim himoyadagi ko‘p qirrali o‘yini jamoamizning ikkinchi davradagi muhim vazifalarini amalga oshirishda katta ahamiyat kasb etadi.
Abdulla 2025-2026 yilgi mavsumni BAAning "Dibba al-Fujayra" klubi safida o‘tkazdi. Abdullayev faoliyati davomida "Bunyodkor", OKMK, "Paxtakor" va "Xor-Fakkan" (BAA) jamoalarida o‘ynagan.













