Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK

Sadriddin Hasanov Portugaliyada ilk rasmiy uchrashuvini o‘tkazdi

Sadriddin Hasanov Portugaliyada ilk rasmiy uchrashuvini o‘tkazdi

Baho:
+ | -

Portugaliya U-23 chempionatining yangi mavsumi start oldi. O‘zbekistonlik futbolchilar — Sadriddin Hasanov va Sayfiddin Sodiqov to‘p tepayotgan “Braga U-23” jamoasi ilk turda “Farense U-23” mehmoni bo‘ldi.

“Braga” yoshlari 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergan bahsni Sadriddin Hasanov asosiy tarkibda boshladi va 87-daqiqada zaxiraga olindi. Bu uning Portugaliyadagi yangi jamoasi safida rasmiy uchrashuvdagi ilk ishtiroki bo‘ldi.

Bahsda mezbonlar 32-daqiqada Moraesning goli evaziga hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda esa “Farense” ketma-ket gollar urib, kambek amalga oshirdi. Nsumbu 62-daqiqada hisobni tenglashtirdi. 72-daqiqada Karvalyu yana “Braga”ni hisobda oldinga olib chiqqan edi. Biroq Nsumbu 72-daqiqada dubl qayd etgan bo‘lsa, 82-daqiqada Kosta mehmonlarga g‘alaba keltirgan golni urdi.

Sayfiddin Sodiqov esa kichik jarohat sababli mazkur bahsda ishtirok etmadi. U hozircha individual tarzda mashg‘ulot olib bormoqda va hafta yakuniga qadar jamoaviy mashg‘ulotlarga qo‘shilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, har ikki o‘zbekistonlik futbolchi yozgi transferlar oynasida Portugaliyaning “Braga” klubiga qo‘shilgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:52, 11.08.2026.
O'qildi: 1791 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик