Kirish Ro'yxatdan o'tish

Skoulz «Manchester Yunayted»ni «haqiqiy masxaraboz»ni sotib olishga chaqirdi

Skoulz «Manchester Yunayted»ni «haqiqiy masxaraboz»ni sotib olishga chaqirdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted»ning sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz klub «Tottenxem» himoyachisi Kristian Romeroning transferiga aralashib, uni ilib ketishi kerakligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, argentinalik futbolchi — «haqiqiy masxaraboz», ammo jamoaga aynan shunday o‘yinchilar zarur.

«Bilib turibman, bu ahmoqona eshitilishi mumkin, lekin u menga yoqadi. U juda yaxshi himoyachi, ammo ba’zida ahmoqona ishlarni qiladi. U haqiqiy masxaraboz. Lekin agar kimdir uni jilovlay olsa, masalan Maykl Kerrik, unga yordam berishi mumkin. «Old Trafford» muxlislariga u aniq yoqqan bo‘lardi», — dedi Skoulz.

Romero «Atletiko»ga o‘tishga yaqin turibdi, biroq «Inter», «Barselona» va «Arsenal» ham unga qiziqish bildirmoqda. Skoulzning hisoblashicha, markaziy himoya «Yunayted»ning eng asosiy muammosi hisoblanadi.

Kiritildi: 17:21, 11.08.2026.
O'qildi: 1201 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик