Angliyaning “Fulhem” klubi Ispaniya La Ligasi vakillaridan yana bir futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Sport.es xabariga ko‘ra, londonliklar “Barselona” himoyachisi Ektor Fort transferiga qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko‘ra, “Fulhem”ning yangi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa jamoada katta o‘zgarishlarni amalga oshirmoqda va ispaniyalik yosh iqtidorlarga alohida e’tibor qaratishni rejalashtirilgan.
Avvalroq “Fulhem” Madridning “Real” vakillari — hujumchi Gonsalo Garsiya va yarim himoyachi Sezar Palasios transferlarini rasman e’lon qilgandi. Endi esa “Real”ning sobiq murabbiyi “Barselona” akademiyasidagi futbolchilarni ham jamoaga jalb qilmoqchi. Arbeloa o‘ng qanot himoyachisini izlamoqda va klubdan Fortning Angliya Premyer Ligasiga transferi bo‘yicha moliyaviy shartlarni o‘rganishni so‘ragan.
Shuningdek, “Barselona” asosiy jamoada o‘rin topa olmayotgan va akademiyada rivojlanishini davom ettira olmaydigan yosh futbolchilardan maksimal moliyaviy foyda olish strategiyasini olib bormoqda. Shu sababli Ektor Fortning taxminan 10 million yevroga sotilishi kutilmoqda.













