Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor

“Oltin to‘p” uchun da’vogarlarning yangilangan reytingi e’lon qilindi — The Athletic

“Oltin to‘p” uchun da’vogarlarning yangilangan reytingi e’lon qilindi — The Athletic

Baho:
+ | -

“Oltin to‘p” uchun 30 nafar rasmiy da’vogar e’lon qilingach, The Athletic nashri mukofotni qo‘lga kiritishi kutilayotgan futbolchilar reytingini taqdim etdi.

Nashr mualliflari fikriga ko‘ra, Angliya terma jamoasi sardori va Myunxenning “Bavariya” klubi hujumchisi Harri Keyn ayni paytda nufuzli individual mukofotni qo‘lga kiritish uchun eng katta imkoniyatga ega.

Hujumchi o‘tgan mavsumda Germaniya grandi safida 61 ta gol urdi va Yevropaning “Oltin butsa” mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Bundan tashqari, Keyn Angliya terma jamoasi sardori sifatida jamoasining JCH-2026 bronza medallarini qo‘lga kiritishiga yordam berdi.

The Athletic talqiniga ko‘ra “Oltin to‘p” uchun top-10 da’vogar

1. Harri Keyn (“Bavariya”)
2. Maykl Olise (“Bavariya”)
3. Rodri Ernandes (“Barselona”)
4. Kilian Mbappe (“Real Madrid”)
5. Erling Holand (“Manchester Siti”)
6. Xvicha Kvarasxeliya (“PSJ”)
7. Lamin Yamal (“Barselona”)
8. Luis Dias (“Bavariya”)
9. Jud Bellingem (“Real Madrid”)
10. Lionel Messi (“Inter Mayami”)

2026 yilgi “Oltin to‘p” taqdirlash marosimi tarixda ilk bor Parijda emas, Londonda bo‘lib o‘tadi. Mukofotning ilk sohibi, 70 yil avval ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan angliyalik Stenli Metyuz sharafiga mezbon sifatida Britaniya poytaxti tanlangan. G‘olib nomi 26 oktyabr kuni ma’lum bo‘ladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:23, 11.09.2026.
O'qildi: 1880 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик