Krishtianu Ronaldu yaqinda Portugaliya terma jamoasi qarorgohini o‘zboshimchalik bilan tark etdi. Shu bois yulduz hujumchi endi milliy jamoada o‘ynashni istamayotgani haqida turli mish-mishlar tarqalmoqda.
Shu vaziyatni hisobga olgan holda, Jorje Jezushga matbuot anjumanida Ronalduning 2030 yilgi jahon chempionatida ishtirok etishi mumkinmi, degan savol berildi.
«Bu savollarni tushunaman, ular hozirgi vaziyatning bir qismi. Ammo biz hozirdanoq 2030 yilni muhokama qilamizmi? Ungacha hali to‘rt yil bor. Futbolda hamma narsa kunma-kun o‘zgaradi, hatto oyma-oy emas. Eng muhimi — navbatdagi o‘yin. Mavzuni boshqa tomonga burishdan ma’no yo‘q. Hozir biz Norvegiyaga qarshi uchrashuv haqida o‘ylayapmiz», — deya Jezushning so‘zlarini The Touchline keltirdi.
2030 yilgi jahon chempionati vaqtida Krishtianu Ronaldu 45 yoshda bo‘ladi.













