«Real» tarkibini kuchaytirish rejalarini tuzmoqda. The Touchline Corriere dello Sport nashriga tayanib xabar berishicha, madridliklar kelasi yozda «Yuventus»ning hujumkor yarim himoyachisi Kenan Yildizni o‘z safiga qo‘shib olishga urinishi mumkin.
«Yuventus» 21 yoshli Yildizni 100 million yevroga baholamoqda. Turkiyalik futbolchiga «Arsenal» va «Bavariya» kabi top-klublar ham qiziqish bildirmoqda.
Jarohati sabab Kenan Yildiz joriy mavsumda hozircha faqat bitta uchrashuvda maydonga tushdi. Yoz oxirida futbolchi suyak sinishi sabab jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan.
Yildiz «Yuventus» safida jami 132 ta uchrashuvda ishtirok etib, 27 ta gol urgan va 21 ta golli uzatmani amalga oshirgan.













