Madridning «Real» klubi kelasi transfer oynasida 27 yoshli ispaniyalik yarim himoyachi Martin Subimendini asosiy transfer maqsadlaridan biriga aylantirishi mumkin. Ayni paytda futbolchi Londonning «Arsenal» klubida to‘p tepmoqda.
«Real» rahbariyati yozda Rodrini xarid qilish imkoni bo‘lmaganidan so‘ng yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish zarurligini anglab yetmoqda. Ispaniyalik futbolchi «Barselona»ga o‘tishni tanlagan edi.
Xabi Alonso ham «Real»ni boshqargan paytida Subimendiga qiziqish bildirgan. Biroq o‘sha vaqtda klub prezidenti Florentino Peres yarim himoyachi bilan shartnoma tuzmaslikka qaror qilgan.
Subimendi 2025 yilda «Real Sosyedad»dan «Arsenal»ga o‘tgan. U joriy mavsumda «kanonirlar» safida beshta uchrashuvda maydonga tushgan, ammo natijaviy harakatlari bilan ajralib turmagan.













