Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/10 00:45 Udineze 0-2 Milan
26/10 01:00 Barselona 1-2 Real Madrid
26/10 18:30 Xorazm 1-2 Navbahor
26/10 18:45 Neftchi 1-2 Al-Ittihod
26/10 21:00 Al-Ahli (SA) 2-1 Al-G‘arafa
26/10 21:00 Al-Ayn 2-1 Traktor
26/10 23:15 Al-Qodisiya 1-1 As-Sadd
26/10 23:15 Al-Quva al-Javiya 1-0 Paxtakor
27/10 01:00 Sevilya 2-0 Osasuna
27/10 22:30 Sassuolo - Lasio
28/10 00:45 Roma - Kalyari
28/10 00:45 Torino - Komo
28/10 22:30 Milan - Bolonya
28/10 22:30 Parma - Udineze
28/10 22:30 Venetsiya - Inter

Abduqodir Husanovning “Norvich”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

Abduqodir Husanovning “Norvich”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

Baho:
+ | -

Angliya Liga kubogining 1/16 finalidan o‘rin olgan “Manchester Siti” va “Norvich Siti” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv “shaharliklar”ning 5:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi. Ushbu uchrashuvda O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov to‘liq 90 daqiqa harakat qildi. Sofascore portali himoyachining o‘yindagi harakatlarini 7,6 ball bilan baholadi.

Husanov o‘yin davomida jami 135 marta to‘pga tegindi. U jami 118 ta uzatmaning 112 tasini aniq amalga oshirdi (95 foiz aniqlik). E’tiborli jihati, Husanovning o‘z maydonchasidagi uzatmalar aniqligi yuz foizlik ko‘rsatkichni tashkil etdi (74 tadan 74 ta aniq). Shuningdek, raqib maydonchasiga amalga oshirilgan 44 ta uzatmadan 38 tasi (86 foiz) o‘z manziliga yetib bordi.

Abduqodir Husanovning himoyadagi batafsil ko‘rsatkichlari quyidagicha:

Himoyadagi harakatlar: 6 marta;
To‘pni muvaffaqiyatli olib qo‘yish: 3 marta;
Raqib uzatmasini to‘xtatib qolish: 1 marta;
Zarbalarni to‘sish: 1 marta;
Yerdagi kurashlar: 6 marta (3 tasi muvaffaqiyatli);
Havodagi yakkakurashlarda g‘olib bo‘lish: 2 marta (2 tasi muvaffaqiyatli).

Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb “Manchester Siti” yarim himoyachisi Allan topildi — u 8,9 ballga loyiq ko‘rildi. O‘yinda dubl muallifiga aylangan Floyd Sambaning harakatlari esa 8,7 ball bilan baholandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 07:57, 18.09.2026.
O'qildi: 5020 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик