«Real» prezidenti Florentino Peres «Barselona» ustidan qozonilgan g‘alabadan (2:1) keyin jamoaning to‘rt nafar futbolchisini alohida e’tirof etdi.
Defensa Central ma’lumotiga ko‘ra, Peres Kilian Mbappe, Jud Bellingem, Arda Gyuler va Eduardo Kamavinganing harakatlaridan mamnun bo‘lgan.
Klublar o‘rtasidagi keskin munosabatlar sabab «el-klasiko»ga tashrif buyurmagan prezident g‘alabadan so‘ng futbolchilar va murabbiylar shtabini tabriklagan.
Shuningdek, mazkur natija Joze Mourinyoning klubdagi mavqeini mustahkamlagan.
Biroq Peres uchun «Barselona» ustidan g‘alabaning o‘zi yetarli emas. U jamoadan mavsum davomida barqaror o‘yin va yirik sovrinlar kutayotgani aytilmoqda.













