«Barselona» yarim himoyachisi Frenki de Yong jarohatdan tiklanib, «Real»ga qarshi «el-klasiko»da (1:2) joriy mavsumdagi ilk o‘yinini o‘tkazdi.
Niderlandiyalik futbolchi Fermin Lopes o‘rniga maydonga tushib, 15 daqiqa harakat qildi va 19 ta uzatmasidan 17 tasini aniq bajardi.
«Barselona»da, ayniqsa, yarim himoyada kuchli futbolchilar ko‘p. Raqobat tabiiy holat. Men esa imkon qadar tezroq asosiy tarkibga qaytishni xohlayman», — dedi de Yong.
Bosh murabbiy Xans-Diter Flik ham uning qaytishidan mamnunligini bildirdi.
«U mashg‘ulotlarda yaxshi ishladi. De Yong to‘p bilan o‘ynashimizni kuchaytiradi. Uning bir necha daqiqa bo‘lsa ham maydonga tushishi biz uchun muhim edi», — dedi Flik.
De Yong «el-klasiko»dagi mag‘lubiyat og‘riqli ekanini, ammo «Barselona» hali ham La Liga peshqadami bo‘lib turganini ta’kidladi.













