«Real» yarim himoyachisi Jud Bellingem «Barselona»ga qarshi «el-klasiko»da (2:1) yakkakurashlar bo‘yicha ajoyib natija qayd etdi.
Angliyalik futbolchi uchrashuv davomida 13 ta yakkakurashda g‘olib chiqdi. Bu La Liganing joriy mavsumida bir o‘yinda qayd etilgan ikkinchi eng yaxshi ko‘rsatkichdir.
Qizig‘i, «Barselona»ning barcha yarim himoyachilari birgalikda atigi 9 ta yakkakurashda ustun kelgan.
Shu tariqa, Bellingem bu borada raqibning butun yarim himoya chizig‘idan yaxshiroq natija ko‘rsatdi.













