«Real» hujumchisi Kilian Mbappe AS nashriga bergan intervyusida madridliklar safiga qaysi futbolchini taklif qilgan bo‘lishini aytdi.
«Krishtianu, Zidan, Ronaldo — agar ular qaytib kela olganida. Sifat hech qachon yo‘qolmaydi. Ular «Real»ning haqiqiy afsonalari. Klub uchun juda ko‘p narsa qilishgan va hali ham uning muxlislariga ko‘plab his-hayajonlar ulashishda davom etmoqda», — dedi Mbappe.













