«Barselona» himoyachisi Jyul Kunde klubni tark etishi mumkin. Bu haqda Topskills Sports UK xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, fransuz futbolchisini «Chelsi» o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqmoqda. London klubi yanvar oyida futbolchi transferini amalga oshirishga harakat qiladi.
«Barselona» Kundening transferiga rozi. Kataloniyaliklar himoyachi transferidan 60–70 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda.













