Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Hakamlar qo‘mitasi «Atletiko» – «Real» derbisidagi hakam xatosini rasman tan oldi

Hakamlar qo‘mitasi «Atletiko» – «Real» derbisidagi hakam xatosini rasman tan oldi

Baho:
+ | -2

Yakshanba kungi Madrid derbisi hakamlik mojarosisiz o‘tmadi. Eng qizg‘in bahslarga «Real» yarim himoyachisi Federiko Valverdening oyog‘iga butsasining shiplari bilan qattiq bosgan «Atletiko» hujumchisi Li Kan Inning maydondan chetlatilmagani sabab bo‘ldi. Diario AS nashrining xabar berishicha, Ispaniya Hakamlar texnik qo‘mitasi arbitr Migel Anxel Ortis Arias ushbu vaziyatda «matraschilar» o‘yinchisini maydondan chetlatishi kerak bo‘lganini rasman tan oldi. Janubiy koreyalik futbolchi hatto ogohlantirish ham olmagan edi.

Referining boshqa asosiy qarorlari – shu jumladan 50-daqiqada mehmonlar himoyachisi Din Xyoysenning maydondan chetlatilishi – CTA vakillari tomonidan to‘g‘ri deb topildi.

«Atletiko» ko‘pchilikda ikkita gol urib, derbida g‘alaba qozondi (2:1).

Kiritildi: 03:55, 21.09.2026.
O'qildi: 4828 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик